• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Karib inqirozining boshlanishi, Sherlok Holms qahramonining paydo bo‘lish tarixi va Martin Lyuter Kingning Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilishi. Kun xronologiyasida 14-oktabr

    14-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan umri davomida irqchilikka qarshi faol kurashgan Martin Lyuter King, Karib inqirozining boshlanishi va Artur Konan Doyl tomonidan Sherlok Holms hikoyalari yozilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Bu millat biror kun qaddini rostlab olishiga ishonaman”

    1964-yilning 14-oktabr kuni Martin Lyuter King tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan edi. Irqchilikka qarshi kurashgan Kingning hayoti qanday kechgandi? U nima sababdan o‘ldirilgan edi? Quyida shu haqda bayon qilamiz.

    Foto: AP Photo

    Martin Lyuter King 1929-yilning 15-yanvarida Jorjiya shtatining Atlanta shahrida dunyoga kelgan. 18 yoshga to‘lganida Martin rohib martabasiga ega bo‘lib, Atlantadagi baptistlar (protestantlik yo‘nalishlaridan biri — tahr.) cherkovi ruhoniysiga aylanadi. Martin Lyuter Kingning ismi birinchi marta 1956-yilda keng ommaga taniladi, o‘shanda u Alabama shtatidagi irqchilar harakatiga qarshi ommaviy marshga boshchilik qilgandi.

    King oliy ma’lumotli va zakovatli inson bo‘lgani bois irqiy kamsitishlarda AQSHdagi o‘tkir tengsizlik va ijtimoiy muammolarni ko‘rgan. Martin bir necha bor irqchilik deya baholagan holatlariga ish tashlashlarni tashkil etishda va qonun buzishda ayblanib, hibsga olingan.

    Foto: AP Photo

    1957-yilning yanvarida King afro-amerikalik aholining fuqarolik huquqlari uchun kurashish maqsadida tuzilgan “Janubiy xristian yetakchilik konferensiyasi” tashkiloti rahbarligiga saylangan. 1960-yilda King Javaharlal Neruning taklifiga binoan Hindistonga tashrif buyurib, Maxatma Gandi ta’limotini o‘rgangan.

    O‘z chiqishlari bilan u tenglikka tinch yo‘l bilan erishishga chaqirgan. Uning nutqlari jamiyatga fuqarolik huquqi harakatlari uchun energiya bergan — marshlar, iqtisodiy boykotlar, qamoqxonalarga ommaviy ketishlar bo‘lgan.

    Kingning eng mashhur nutqi — “Mening orzum bor”ni 1963-yilda Vashingtondagi marshda so‘zlagan. O‘shanda tinch o‘tkazilgan norozilik namoyishiga 200-300 mingga yaqin odam Linkoln memoriali oldiga to‘plangan edi.

    Foto: AP Photo

    “Bir kun kelib bu millat qaddini rostlab, o‘z tamoyilining asl ma’nosiga ko‘ra yashashini orzu qilaman: ‘Biz barcha insonlar teng yaratilgani aniq deb bilamiz’… Mening to‘rt farzandim teri rangiga qarab emas, balki shaxsiy fazilatlariga ko‘ra baholanadigan yurtda yashaydigan kun kelishini orzu qilaman”, — degan edi King.

    Kingga nisbatan birinchi suiqasd 1958-yilning sentabrida amalga oshirilgan. Garlemda u o‘zining “Ozodlikka qadam” nomli kitobi taqdimotini o‘tkazgan va kitob nusxalariga imzo chekayotgan bo‘lgan. Shu vaqt qora tanli ayol kelib, unga qog‘oz kesadigan pichoq bilan tashlangan va sanchib olgan. Ayol zudlik bilan qo‘lga olingan, tintuv vaqtida politsiyachilar uning sumkasidan pistolet topgan.

    Foto: AP Photo

    Pichoq uchi Kingning aortasi yonidan o‘tib ketgan. Uch soat davomida amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotida birgina noto‘g‘ri harakat uning o‘limiga sababchi bo‘lishi mumkin edi. Ammo operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va o‘n kundan keyin King suiqasddan keyingi birinchi matbuot anjumanini o‘tkazgan. O‘shanda u “o‘ziga pichoq sanchgan missis Izola Karriga nisbatan hech qanday qahrni” his qilmayotganini va “odamlar unga shubhasiz yordam ko‘rsatishiga” umid qilishini aytgan. Ayol ruhiy kasallar shifoxonasiga yuborilgan.

    1968-yilning mart oyida King Memfisga (Tennessi shtati) borib, u yerda chiqindi tashuvchi qora tanli ishchilarning ish tashlashini qo‘llab-quvvatlagan. Ishchilar 1968-yilning 11-fevral kuni teng to‘lanmayotgan ish haqi va ish sharoitiga norozilik bildirib, namoyish o‘tkazgan. U vaqtlarda qora tanli ishchilarga oq tanlilarga nisbatan ancha kam haq to‘langan. Bundan tashqari, qora tanlilar noqulay ob-havo sabab uyida qolgudek bo‘lsa, oq tanli hamkasblaridan farqli o‘laroq o‘sha kunga maosh olmagan. Shu bois qora tanli ishchilar turli bo‘ron va yog‘ingarchiliklarda ham ishga chiqishga majbur bo‘lgan.
    28-mart kuni King norozilik marshiga boshchilik qiladi, biroq u politsiya tomonidan kuch ishlatilgan holda tarqatib yuboriladi. “Agarda men zo‘ravonlik sodir bo‘lishini bilganimda, ushbu marshni bekor qilgan bo‘lardim”, — deya afsuslangan King.

    Yangi marsh aprel oyiga rejalashtirilgan. 3-aprel kuni King yana Memfisga yo‘l olgan. Samolyot kechib havoga ko‘tarilgan. Parvozdan oldin uchuvchi yo‘lovchilardan uzr so‘ragan: “Sizlardan kechirim so‘rayman, gap shundaki, biz bilan doktor Martin Lyuter King uchmoqda. Shu sababli barcha yuklarni tekshirishga majbur bo‘ldik. Samolyotga hech narsa bo‘lmasligiga ishonch hosil qilish uchun barchasini yaxshilab tekshirdik. Parvozdan oldin kechasi bilan samolyot yaxshilab qo‘riqlangan”.

    Foto: AP Photo

    Kechasi Memfisdagi cherkovda so‘zga chiqqan King buni eslab, ovoz chiqargan holda hayot va o‘lim haqida mushohada qila boshlagan:

    “Mana, men Memfisga yetib keldim. Bu yerda menga tahdid borligini, nosog‘lom oq tanli inilarimiz menga biror narsa qilishi mumkinligini aytishmoqda. Endi nima sodir bo‘lishini bilmadim. Oldinda bizni og‘ir kunlar kutib turibdi… Hamma qatori men ham uzoq umr ko‘rishni xohlayman. Uzoq umr ko‘rishning o‘ziga yarasha afzalliklari bor. Ammo hozir meni bu tashvishga solmayapti. Faqatgina Xudoning irodasini amalga oshirsam deyman. U menga tog‘ga ko‘tarilish imkonini berdi. U yerdan va’da qilingan yerni ko‘rdim. Balki u yerga sizlar bilan birga tushmasman, ammo biz xalq sifatida ushbu va’da qilingan yerga erishamiz. Mana, bugun kechasi men baxtliman. Meni hech narsa tashvishga solmayapti. Hech kimdan qo‘rqmayman…”.

    King odatda qora tanlilarga tegishli dahalardagi mehmonxonalarda tunash uchun qolgan. Bu safar ham u shunday yo‘l tutib, tadbirkor Uolter Beyliga tegishli “Loreyn” motelida to‘xtagan. 4-aprel kun bo‘yi King xonasidan chiqmay, ishlari bilan shug‘ullangan. Uni va yordamchilarini mahalliy ruhoniy kechki ovqatga taklif qilgan. King nomeridan chiqqan va zinada do‘sti Ralf Abernetlini kutib qolgan.

    Mehmonxona oldidagi avtoturargohda King kechki ovqatda musiqa chalishi kerak bo‘lgan Bent Branchni ko‘rgan. “Ben, o‘tirishda ‘Xudoyim, meni qo‘limdan tut’ni ijro etib bergin. Men uchun imkon boricha yaxshiroq chalgin”, — degan. Shundan so‘ng u chalqanchasiga yiqilgan.

    Foto: AP Photo

    Miltiqdan uzilgan o‘q uning o‘ng bo‘ynidan kirib, bo‘yin umurtqasini va pastki jag‘ini yorib chiqib ketgan. Bir necha daqiqa ichida u operatsiya stoliga yetkazilgan, biroq Kingning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

    Kingning vafoti ommaviy tartibsizliklarni yuzaga keltirgan. Yuzlab shaharlarda qora tanlilar norozilik namoyishlariga chiqqan, do‘konlarni o‘margan, oynalarni sindirgan, mashinalarga o‘t qo‘ygan. Politsiya jahl otiga mingan minglab insonlarga qarshi turishga qodir emasdi, shu sababli hukumat harbiylarni jalb etishga majbur bo‘ladi. Vashingtonning o‘zida mingdan ortiq binoga o‘t qo‘yib yuborilgan.

    Foto: AP Photo

    King o‘ldirilganidan ikki oy o‘tgach, Londonda Jeyms Erl Rey hibsga olingan. Sudya chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa, uning jasozini yengillatishga va’da bergan, biroq 99 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida hukm o‘qilishi bilan u Kingni o‘ldirmaganini ma’lum qilgan.

    Karib inqirozi boshlangan kun

    1962-yilning 14-oktabrida AQSHga tegishli razvedkachi samolyot Kubada sovet raketalarini payqab qoladi. Bu Karib inqirozining boshlanishi edi. Aynan shu sabab SSSR va AQSH yadroviy urush yoqasiga kelib qolgandi.

    Foto: AP Photo

    “Anadir” nomli operatsiyaning maqsadi maxfiy ravishda AQSH hududiga yetib boradigan o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni Kubaga joylashtirish bo‘lgan. SSSRning o‘sha vaqtdagi rahbari Nikita Xrushchyov ushbu harakatlarni Amerika tomonidan Turkiyada “Yupiter” raketalari joylashtirilganida javob sifatida amalga oshirgan.

    “Anadir” — Chukotka avtonom okrugining ma’muriy poytaxti nomi bo‘lib, operatsiyaga maskirovga uchun berilgan va harbiylar ham kemalar Kubaga yaqinlashganida xabar topgan: “Qayerga ketayotganimizni bilmas edik. Operatsiya nomi ‘Anadir’ edi. Chang‘ilar, qalin qalpoqlarni o‘zimiz bilan ovolgandik. La-Manshdan o‘tganimizda paketni ochishdi va unda Kuba haqida tarixiy ma’lumotnoma bor edi, xolos. Qog‘ozda keyingi paketni qachon ochish kerakligi yozilgandi. Sargas dengizida qaysi portga borishimiz kerakligidan xabar topdik”, — deya eslaydi o‘sha vaqtdagi voqealar ishtirokchisi, keyinchalik SSSR mudofaa vaziriga aylangan Dmitriy Yazov.

    Kemalarda o‘rta masofaga mo‘ljallangan R-12 ballistik raketalari yashirin ravishda Kubaga yetkazilgan, biroq Amerika razvedkachi samolyoti tomonidan tezda aniqlangan. Jahl otiga mingan AQSH prezidenti Jon Kennedi Kubani dengizdan qamalga olgan, amerikalik harbiylar prezidentga raketalarni havodan yo‘q qilish yoki Kubaga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlashni maslahat bergan. Biroq sovet kemalarining orolga kelishiga qarshilik ko‘rsatish maqsadida qamal bilan cheklanish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

    Foto: US Department of Defense

    Qamalning o‘zi de-fakto urush akti hisoblansa-da, amerikalik harbiylar prezident buyrug‘isiz o‘t ochmasligi kerak edi. Shu bilan birga, Kennedi xalqqa murojaatida zarurat tug‘ilsa, SSSR harakatlari “har qanday vositalar bilan to‘xtatilishini” ma’lum qilgan.

    Amerikalik tadqiqotchi Pol Bern o‘zining “Kuba raketa inqirozi: urush ostonasida” nomli kitobida sovet raketalari jangovar shay holatga keltirilganda, “Ular Amerika shaharlarini bir necha daqiqada yo‘q qilib tashlashi mumkin edi. Hatto Vashington ham xavf ostida edi. Naqadar uzoqda deb o‘ylangan Sovuq urush Amerika ostonasida turardi”.

    SSSR rahbariyati esa bu vaqtda Kubaga raketalar yuborilganini rad etgan. Sovet Ittifoqining BMTdagi doimiy vakili Valerian Zoringa savol berilganida, uning o‘zi raketalar joylashtiruvidan xabardor emasligi ayon bo‘lgan va noqulay vaziyatga tushib qolgan. Raketalar Kubaga joylashtirilganini yaxshi bilgan SSSR tashqi ishlar vaziri Andrey Gromiko Kennedi bilan suhbatda yuqoridagi gaplarni qaytargan.

    AQSH prezidenti Jon Kennedi, SSSR tashqi ishlar vaziri Andrey Gromiko va SSSRning AQSHdagi elchisi Anatoliy Dobrinin, 1962-yilning 18-oktabri

    AQSH prezidenti Jon Kennedi, SSSR tashqi ishlar vaziri Andrey Gromiko va SSSRning AQSHdagi elchisi Anatoliy Dobrinin, 1962-yilning 18-oktabri
    Foto: AP Photo

    Kennedi rad etib bo‘lmas dalillarga — Ozodlik orolidagi raketalar joylashgan hudud fotosuratlariga ega edi. Amerika tomoni Zorinning chiqishidan keyin BMTda aynan shularni namoyish etgan. Tarixchilarning ta’kidlashicha, AQSH tomonidan kuch ishlatilishi dunyoni yadroviy urush yoqasiga olib kelishi kerak bo‘lgan. 1962-yilning oktabr oxirlarida Kubaning sharqiy qismida Amerikaning U-2 razvedkachi samolyoti urib tushirilgan, bu esa vaziyatni yanada keskinlashtirgan.

    Foto: AP Photo

    Ta’sirchan Nikita Xrushchyov ham buni yaxshi tushungan va Kennediga maktubida murosaga kelish imkoniyatlari haqida gapirgan. AQSH Turkiyadagi raketalarini olib ketsa, shuningdek, Kubaga hujum uyushtirilmaslikka va’da bersa, o‘z raketalarini olib ketishini bildirgan. AQSH ham murosani tanlagan va 13 kun davom etgan inqiroz hal etilgan edi.

    Konan Doyl Sherlok Holmsni nega o‘ldirgan edi?

    Aynan Sherlok Holms va uning hamkasbi doktor Vatson o‘z yaratuvchisining nomini tarixga muhrlagan. Ular eng ko‘p ekranlashtirilgan qahramonlar sifatida hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan — 210 dan ortiq film va seriallar.

    Holms kambag‘al shifokor Konan Doylni sayyorada eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchiga aylantirgan. Shu sababli Doyl o‘zining qahramonini yomon ko‘rganiga va Gogolning Taras Bulbasi kabi “O‘zim dunyoga keltirdimmi, o‘zi o‘ldiraman!” qabilida yo‘l tutganiga ishonish qiyin. U Sherlokni Shveysariyadagi Reyxenbax sharsharasidan “uloqtirib yuborgan”. 1988-yilda “halokat” joyiga izquvarga atab birinchi haykal o‘rnatilgan. Keyinroq bu turdagi haykallar London, Edinburg, Moskva va boshqa shaharlarda ham paydo bo‘lgan.

    Foto: Wikipedia

    Rassom o‘rniga shifokorlikni tanlagan

    Yumshoq qilib aytganda, Konan Doyl noshud farzand bo‘lgan. Uning qarindoshlari yigitcha oilaviy an’anani davom ettirishiga umid qilgan. U otasi, bobosi yoki onasining amakisi Maykl Edvard Konan kabi taniqli rassom bo‘lishi kerak edi.

    Ammo yigitcha kollejdan keyin Edinburg universiteti Tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirgan. U yerda Doyl Jeyms Barri (Piter Pen haqidagi hikoyalar muallifi) va Robert Lyuis Stivenson (“Xazinalar oroli”) kabi bo‘lajak mashhurlar bilan tanishgan. Uchinchi bosqichda o‘qib yurganida Artur jurnalda o‘zining birinchi “Sesass vodiysi siri” nomli hikoyasini chop ettirgan. Qalam haqiga berilgan uch gineya uning uchun yaxshigina rag‘batga aylangan. Oila qashshoqlikda kun kechirar, rassom ota esa ichkilikka ruju qo‘ygandi.

    Tibbiyot bakalavri diplomini olgan Konan Doyl shifokorlik amaliyoti bilan shug‘ullangan, oila qurgan. Ammo tibbiyot kam daromad keltirgan, oilaviy budjetni yangi hikoyalarga to‘langan gonorarlar qoplab kelgan. “Uylanganimdan bir yil o‘tib, bir umr hikoya yozsam ham, mashhurlikka erishmasligimni tushunib yetdim. Buning uchun kitob muqovasida ismingiz bo‘lishi kerak ekan”, — deya tan olgan u o‘z avtobiografiyasida.

    Foto: Wikipedia

    Shuhratparast yozuvchi “Jon Smit tarixi” romanini yozib, uni nashriyotga yuborgan, ammo qo‘lyozma pochtada yo‘qolib ketgan. U qariyb ikki yil davomida Dikkensga taqlid qilib “Gerdlstondagi savdo uyi” romanini yozgan. Bu safar pochta yaxshi ishlagan. Ammo barcha nashriyotlar qo‘lyozmani “zerikarli” deya qaytargan. Muallif uni bir necha yildan keyin, mashhurlikka erishganida chop etishga muvaffaq bo‘lgan.

    Qahramonlar prototipi kim edi?

    Bu orada 26 yoshli Artur e’tiborini xalq orasida ommalashib borayotgan detektiv janriga qaratadi. G‘arbda ushbu janrning asoschisi Edgar Po edi. Sherlok Xolms paydo bo‘lgan sana aniq ma’lum. 1866-yilning 8-martida doktor “Chigal o‘ram” povestini boshlaydi. Uzoq Amerikada bu vaqtda ko‘p xotinli mormonlar yaxshi bir insonning kelinini o‘ldiradi. Uzoq yillardan keyin jabrlanuvchi Angliyada ularni topadi va o‘ldiradi. Politsiya jinoyatchini topishga qodir emas. Buni konsultant-izquvar Sheridan Houp (Houp — “umid” degani bo‘lib Artur talabaligida Arktikada shu nomli kemada suzgan) amalga oshiradi. Voqeani uning do‘sti doktor Ormond Saker yozib olgan. Aprel oyida yakunlangan qissa “Arg‘on jiloli etyud” nomini olgan. Muallif bosh qahramonlar ismini ham o‘zgartirgan — Sherlok Holms va doktor Vatson.

    Kollejda Konan Doylning Patrik Sherlok ismli kursdoshi bo‘lgan. Artur aynan uning ismidan foydalangan. Familiyani esa amerikalik shifokor Oliver Vendall Holmsdan olgan. Holms o‘sha yili AQHdan Britaniyaga Edinburg universitetining faxriy darajasini olish uchun kelgandi.

    Doktorga ism topish esa juda oson kechgan. Portmut adabiy jamiyatida Artur bilan Jeyms Vatson ham bo‘lgan. “Labi tirtiq odam” hikoyasida bekorga xotini uni Jeyms deb chaqirmaydi.

    Konan Doyl hikoyalarini to‘plab alohida kitob shaklida chiqarish va bu orqali mo‘maygina pul ishlab olish niyatida bo‘lgan. Afsuski, uchta nashriyotning barchasi uning birinchi hikoyasini chop etishdan bosh tortgan. To‘rtinchisi qo‘lyozmani qabul qilgan. Faqat bir yildan keyin chop etish sharti bilan, chunki bozoda arzon adabiyot ko‘p bo‘lgan. Arturga 25 funt to‘lashni va’da qilishgan. O‘z ismi muqovada turishini istagan Konan Doyl bunday arzon narxga rozi bo‘lgan. Qissa boshqa mualliflar nomi bilan birga chop etilgan va u mashhurlikka erishmagan.

    Bu vaqtga kelib Konan Doyl izquvarga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgan va tarixiy romanlar yozishga kirishgan. Amerikaning “Lippinkott” jurnali muharriri Londonga kelmaganida, Holms va Vatson birgina qissa qahramoniligicha qolib ketgan bo‘lishi mumkin edi. U mahalliy mualliflar bilan Britaniyada jurnalning har oylik versiyasini chop etishga qaror qiladi. Konan Doyldan biror narsa yozib berishni so‘raydi. Holms va Vatsonni eslagan muallif “To‘rt belgi” qissasini yozgan. U 1890-yilda chop etilgan, biroq yana muvaffaqiyatga erishmagan.

    Konan Doylga mashhurlik keyingi yilda kelgan. Britaniyada detektivga ixtisoslashgan Strand Magazine jurnali yozuvchini xususiy izquvar haqida bir nechta hikoya yozishga ko‘ndirgan. O‘quvchilar bundan hayratga tushgan. Jurnal tiraji 2,5 barobarga oshib ketgan. Muharrir yangidan yangi detektivlarni talab qilib, yaxshigina haq to‘lagan. Ikki yilda Artur Holms va Vatson haqida 24 ta hikoya yozgan. O‘sha vaqtda u onasiga “Oxir-oqibat Holmsni o‘ldirish haqida o‘ylayapman, chunki u meni ancha muhim ishlardan chalg‘ityapti”, deya tan olgan. U klassik bo‘lishni, jiddiy romanlar muallifiga aylanishni istagan. Ona esa “Bunga hadding sig‘maydi!”, deya qarshilik ko‘rsatgan.

    Ammo o‘g‘li buni amalga oshirgan. 1893-yilda “Holmsning so‘nggi ishi” hikoyasi bilan katta nuqta qo‘ygan. Olijanob izquvar professor Moriarti bilan jangda vafot etadi. Mazkur obraz ham tasodifan paydo bo‘lmagan. Kollejda bolakayni aka-uka Moriartilar xafa qilib kelgan. Yillar o‘tgach, u yigitlardan o‘ziga xos tarzda qasos olgan.

    Foto: Wikipedia

    Angliya shokda edi. O‘quvchilar yozuvchining uyiga bostirib kela boshlagan. Ular Holms va Vatson haqidagi hikoyalar davomini talab qilgan. Mish-mishlarga ko‘ra, shaxsan qirolicha Viktoriya izquvar haqida gapirgan. Ammo Konan Doyl sakkiz yil davomida uni “tiriltirmagan”.

    1901-yilning avgustidan 1902-yilning apreliga qadar Strand Magazine “Baskerviley iti”ni chop etgan. Ammo undagi voqealar Holms va Moriarti to‘qnashuvidan yarim yil oldin ro‘y bergan. Mazkur hikoya sabab Konan Doyl XX asr boshlaridagi eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchiga aylangan. 1903-yilda esa “Bo‘sh uy” hikoyasi paydo bo‘lgan. Unda Vatson halok bo‘lgan do‘stiga duch kelib, hushini yo‘qotadi…

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: “Xuddi zombilardek edi” — Nalchik shahriga hujum qilgan 250 jangari va Boliviyada kerosinga suv qo‘shilgani sabab stadionga qulagan samolyot. Kun xronologiyasida 13-oktabr

    14.10.2022, 09:30   Izoh (0)   18905
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belarusda aksilterrorchilik operatsiyasi rejimi joriy etildi

    14.10.2022, 09:14

    G‘arb Ukrainaning kelasi hafta Xersonni qaytarib olishiga ishonmoqda

    13.10.2022, 23:30

    Putinning atrofi 50 grammdan ichib olib, “Endi yadro qurolidan foydalanamiz!” deb baqirayotgan “kuchuk”lardan iborat — Zelenskiy

    13.10.2022, 22:56

    Putinning atrofidagi odamlar Alina Kabayevaga 15 yildan beri yordam berib kelmoqda

    13.10.2022, 22:29

    “Rossiya gaz infratuzilmalarimizga zarba beradi va aybni o‘zimizga ag‘daradi” — Zelenskiy

    13.10.2022, 22:15

    Estoniya 2030-yilgacha rus maktablarini eston tilida o‘qitishga o‘tkazadi

    13.10.2022, 21:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Paket bilan bo‘g‘ishgan, kuydirish bilan qo‘rqitishgan: Toshkentda fuqarolar bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lgan IIO xodimlari jazolandi

    O‘zbekiston | 30 may, 12:06

    “Al-Hilol” Fernandesh transferini deyarli yakunladi — manba

    Sport | 30 may, 12:02

    AQSHda migrant Trampni o‘ldirish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 30 may, 11:56

    Gollivud yulduzlari mashhurlikning haqiqiy bahosi haqida ochiq-oydin so‘zlab berdi

    Kino | 30 may, 11:51

    BAA aholisi uchun ChatGPT Plus obunasi bepul bo‘ldi

    Dunyo | 30 may, 11:45

    Xakerlar Oq uy apparati rahbarining telefoniga buzib kirdi — WSJ

    Dunyo | 30 may, 11:15

    Havaskorlar o‘rtasidagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

    Sport | 30 may, 11:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.