Putinning atrofidagi odamlar Alina Kabayevaga 15 yildan beri yordam berib keladi. Bu haqda “Dosye” markazining tekshiruvlariga tayanib, Meduza xabar berdi.
Alina Kabayeva Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putinga eng yaqin odamlardan biri sifatida sanksiyalar ostida qoldi. Xususan, Qo‘shma Shtatlar Kabayeva Putinga “kamida uchta bola” tug‘ib berdi va uning shaxsiy boyligini chet elda yashirishda muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblaydi. (The Wall Street Journal manbalari).
Rossiya prezidenti va sobiq sportchi hech qachon munosabatlarini tasdiqlamagan. 2008-yilda ularning to‘yi haqida yozgan “Moskovskiy korrespondent” gazetasiga Putinning shaxsan o‘zi keskin munosabat bildirgan va maqola chop etilganidan 10 kun o‘tib yopilgan. Shunga qaramay, prezident atrofidagi odamlar Kabayevaga kamida 15 yildan beri yordam berib keladi, deb yozadi “Dosye” markazi o‘zining yangi tergovida.
Izoh (0)