Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning keyingi harakatlarini taxmin qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya bunda Ukrainani ayblash uchun o‘zining gaz transporti infratuzilmalaridan birini portlatishi va keyin Ukraina gaz infratuzilmalariga zarba berib, u orqali Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Ular “Shimoliy oqim-1”ni portlatib yubordi. Va ular yana nimanidir portlatadi. So‘ng aybni bizga ag‘darib, Ukrainaning gaz tashish tizimiga zarba beradi. Keyin “biz shunchaki javob qaytardik” degan bahonani eshitamiz ulardan. So‘ngra esa Putin Yevropaga shunday deydi: “Mana, ‘Shimoliy oqim-2’ni zudlik bilan ishga tushirishdan boshqa gaz yetkazib berishning iloji yo‘q. Sanksiyalarni bekor qilishingiz kerak, aks holda Ukraina tufayli Yevropa gazsiz qoladi”. Keyingi qadam shunday bo‘ladi.Vladimir Zelenskiy, Ukraina prezidenti
Avvalroq Zelenskiy G‘arbni Rossiyaning neft-gaz borasidagi daromadlardan mahrum qilishga chaqirgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)