“PSJ” qishda Kilian Mbappeni qo‘yib yuborish istagida emas.
Avvalroq hujumchi Parij klubi unga sotqinlik qilgani, shuning uchun yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoani tark etmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
CBS Sports jurnalisti Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, parijliklar mavsum oralig‘ida emas, yozgi transfer oynasida Mbappeni sotish haqida o‘ylamoqda.
Kilian o‘zini yolg‘on va’dalar va siyosiy bosim qurboni bo‘lgandek his qilmoqda. U pulga e’tibor qaratmasdan, o‘ziga mos muhitda futbol o‘ynashga intilmoqda.
Mbappe klubdagi vaziyatdan norozi, Helayfi unga bergan va’dalarini bajarmagan, deydi Get French Football News.
Kilianga yozda markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolash va’da qilingan, biroq ushbu pozitsiyaga hech kim olib kelinmadi. Undan tashqari Mbappega murabbiy Kristof Galtening 3-4-3 taktikasi yoqmayapti, bunday o‘yin tizimi Neymar va Messi o‘zining eng yaxshi sifatlarini namoyish etishi uchun imkoniyat beradi, Mbappega esa yo‘q.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum “PSJ”ning 13 ta o‘yinida ishtirok etib, 12 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)