Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yanvar oyida jamoani tark etmoqchi. 23 yoshli futbolchining klub bilan munosabatlari tamoman buzilgan, deya xabar beradi Marca vaziyat bilan aloqador manbasiga tayanib.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Orqaga yo‘l yo‘qligi ta’kidlanmoqda. Undan tashqari Mbappe may oyida shartnomani uzaytirishiga qaramasdan, iyuldayoq jamoasini almashtirish fikriga kelgan.

Parijliklar rahbariyati Kilianning ketishiga qarshilik qilmoqchi. Iyul oyida klub fransuzning “Real”dan boshqa istalgan jamoaga o‘tishiga rozi bo‘lgan.

Hujumchi uchun ehtimoliy variantlardan biri “Liverpul” bo‘lishi mumkin.

Mbappening fikricha, “PSJ” unga sotqinlik qilgan. May oyida rahbariyat shartnoma uzaytirilishidan oldin Kilianga bir nechta va’da bergan va hanuz ularning aksariyati amalga oshirilmagan.

Shuningdek, L’Equipe xabariga ko‘ra, bitim e’lon qilinganidek 2025-yilgacha emas, 2024-yilga qadar uzaytirilgan. Mbappe esa o‘z shahri jamaosiga minnatdorlik va xayrixohlik belgisi sifatida 2025 raqami tushirilgan libos bilan suratga tushishga rozi bo‘lgan.

Mbappe hamon “Real”ga o‘tishni istamoqda. Madrid klubi bunga qanday munosabat bildirishi noma’lum. Avvalroq Florentino Peres klub a’zolari yig‘ilishida futbolchi uchun eshiklar ochiq ekanligini aytgandi.

France Bleu’ga ko‘ra, fransuz atrofidagilarga: “Biz xato qildik, birinchi navbatda men”, — degan.

Mbappega u yetakchi bo‘lishi ko‘zda tutilgan boshqa loyiha va’da qilingan edi, deydi nashr.

“PSJ” direktorlar kengashi a’zosi Luish Kampush Kilianning jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga yaqin emasligini ta’kidladi.

Hayron bo‘ldim, chunki doim Mbappening yonida yuraman va mendan ham, prezidentdan ham yanvarda uni qo‘yib yuborishimizni so‘ramagan.

Shuni ta’kidlash zarurki, bu umuman bayonot emas, xabar “Benfika”ga qarshi o‘yinimizdan bir necha soat oldin chiqdi.

“PSJ” bilan 3 yillik shartnomam bor va bu yerda hamma narsa meni qoniqtiradi. Shartnomam oxirigacha topshiriqlarni bajarish uchun har kuni ishlayman.

Luish Kampush, “PSJ” futbol savollari bo‘yicha maslahatchi

Kilian Mbappe joriy mavsum “PSJ”ning 13 ta o‘yinida ishtirok etib, 12 ta golga mualliflik qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati