Yevropa Chempionlar Ligasining 4-tur yakunlariga ko‘ra haftaning eng yaxshilari aniqlandi.
“Tottenhem” yarim himoyachisi Son Hyon Min haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Janubiy Koreyalik futbolchi “Aytraxt”ga qarshi o‘yinda (3:2) dubl qayd etdi.
Sondan tashqari Simon Minyole (“Bryugge”), Omer Atsili (“Makkabi H”) va Roberto Firmino (“Liverpul”) kabi futbolchilar ushbu sovringa da’vogarlik qilgandi.
Haftaning eng chiroyli goli ham “shporlar” a’zosi Songa tegishli bo‘ldi.
Izoh (0)