Yevroparlament Yevropa Ittifoqining inson huquqlari bo‘yicha asosiy mukofoti bo‘lgan Andrey Saxarov nomidagi Fikr erkinligi mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi, deb yozadi Meduza.
2022-yil uchun nomzodlar ro‘yxatiga Ukraina fuqarolari, prezident Vladimir Zelenskiy, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj, Kolumbiya haqiqat komissiyasi, braziliyalik faol Sonia Guajajara va 2022-yil may oyida vafot etgan Al-Jazeera jurnalisti Shirin Abu Akle kiritilgan.
Zelenskiy nomzodini Yevropa konservatorlari va islohotchilar partiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda, ukrainaliklar esa “Yangilanayotgan Yevropa” hamda Sotsialistlar va demokratlarning progressiv alyansi tomonidan ilgari surilgan. Yevropa xalq partiyasi Saxarov mukofotini Vladimir Zelenskiy vakili bo‘lgan “Ukrainaning jasur xalqi”ga topshirishni taklif qildi.
19-oktabr kuni Yevroparlament g‘olibni aniqlaydi. Taqdirlash marosimi 14-dekabr kuni Strasburgdagi sessiyada bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)