Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Evening Standard nashriga bergan intervyusida Rossiya rahbariyatining noprofessionalligi va strategik noto‘g‘ri hisob-kitoblari tufayli ruslar Ukrainaga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchrayotganini aytdi, deb yozadi Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya rahbariyati o‘zi yaratgan shov-shuvlarga ishonib qolgan. Paradlarda tanklar kolonnalarini kuzatib, o‘zini yengilmas deb hisoblagan”.
“Super kuchlar ko‘plab urushlarda mag‘lub bo‘ldi: SSSR Afg‘onistonda, AQSH Vyetnamda. Katta davlatlar bir necha bor qo‘shnisidan yoki boshqa davlatdan mag‘lubiyatga uchrashga majbur bo‘lgan. Lekin asosiysi shu. Putin (Rossiya) super davlat emasligini endigina anglab yetdi”, — dedi Uolles Rossiyadek super davlat urushda yutqazishi mumkinmi degan savolga javoban.
Izoh (0)