NATOning ko‘plab a’zolari agar Rossiya yadro qurolidan foydalansa, “jismoniy javob” berishiga “deyarli ishonch hosil qilmoqda”, deb xabar qildi Reuters agentligi NATOning yuqori martabali vakiliga tayanib.
NATO rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan noan’anaviy qurollardan foydalanish butun Shimoliy Atlantika alyansi tomonidan javob qaytarilishiga olib kelishi mumkin. Vakilning ta’kidlashicha, yadro qurolidan foydalanish urushning borishini o‘zgartiradi va Moskva uchun “misli ko‘rilmagan oqibatlarga” olib keladi.
U, shuningdek, Kremlning yadroviy tahdidlaridan asosiy maqsad aynan NATO va boshqa davlatlarni Ukraina tomonida urushga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishiga yo‘l qo‘ymaslik, degan fikrni bildirdi.
Izoh (0)