Rossiyaning Belgorod shahrida 12-oktabr, chorshanba kuni kechqurun bir nechta portlash ovozlari eshitildi, deya xabar berdi Meduza. Rasmiylarning aytishicha, shaharda havo mudofaa tizimi ishlagan.
Belgorod viloyati hukumatining tezkor shtabida aytilishicha, portlashlar va havo mudofaasi natijasida bir nechta ko‘chalarda avtomobil va yo‘l qoplamasi “biroz shikastlangan”. Shuningdek, uylar yaqinida, hovlilarda va xususiy uyning issiqxonasida snaryad parchalari topilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Avvalroq “Daryo”ga Belgorodda o‘qiydigan talabalardan murojaat kelib tushgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)