Rossiyaning Kursk viloyatida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar Ukrainaga chegaradosh hududlarda tobora xavf ortib borayotgani sabab prezidentga murojaat bilan chiqqandi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari vaziyatni o‘rganish va mavjud muammolarni hal qilish maqsadida Kursk viloyatiga jo‘nab ketdi.
Natijalar to‘g‘risida qo‘shimcha xabar beramiz, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Kursk tibbiyot oliygohi talabalari murojaatida ular ta’lim olayotgan tibbiyot muassasasidan 30 kilometr uzoqlikda atom elektro stansiyasi joylashgani bildirilgan edi. Shuningdek, xavf Ukraina—Rossiya urushi sabab yanada ortayotgani aytilgan. Ular davlat rahbaridan talabalarning o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarga ko‘chirishda yordam berishni so‘ragan.
Izoh (0)