Tashqi ishlar vazirligida Estoniya elchisi Toomas Tirs (qarorgohi – Ostona shahrida) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Estoniya hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, ikki tomonlama kun tartibini kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirilgan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha joriy yil oxirigacha vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi muddatini ishlab chiqish, shuningdek, 2023-yil boshida Estoniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Izoh (0)