NASA Kaspiy dengizining 2006 va 2022-yillardagi bir vaqtdagi dengiz suv holati tasvirlangan suratlarni taqdim etdi.
Kaspiy dengizi akvatoriyasi, xususan, dengiz shimolida kuchli mavsumiy qurg‘oqchiliklar dengiz qirg‘og‘ining tobora ichkariga kirib ketishini keltirib chiqargan. Suratlardan dengiz holatining ikki davrdagi katta tafovutlarni oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin.
Kaspiy dengizi — Yevropa bilan Osiyo oralig‘ida joylashgan Yer sharidagi eng katta ko‘l. Dengizning umumiy hududi 376 ming kvadrat kilometr. Uning sathi dengiz sathidan 28 metr past. Dengiz uzunligi shimoldan janubgacha 1200 kilometr. Uning suvi 5 ta davlat qirg‘og‘ini yuvib turadi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)