Toshkentning Chilonzor tumani hududiga qarashli “G‘afur G‘ulom” bog‘i hududida ko‘p yillik daraxt kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi holatga oydinlik kiritdi.
Ma’lum qilinishicha, tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari hamda bog‘ mas’ullari ishtirokida holat joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzildagi daraxt tabiiy omillar ta’sirida kasallanib qurib qolgani sababli tegishli xulosa hujjatlar rasmiylashtirilib, bundan ikki oy muqaddam kesilgani aniqlangan.
Izoh (0)