2022-yilning yanvar—sentabr oylarida respublika bo‘yicha 681 760 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDY organlarida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11 085 taga ko‘paygan.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston – 30863 ta;
- Andijon viloyati – 63386 ta;
- Buxoro viloyati – 32640 ta;
- Jizzax viloyati – 29802 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 71748 ta;
- Navoiy viloyati – 19652 ta;
- Namangan viloyati – 59967 ta;
- Samarqand viloyati – 81882 ta;
- Surxondaryo viloyati – 59702 ta;
- Sirdaryo viloyati – 17369 ta;
- Toshkent viloyati – 54710 ta;
- Farg‘ona viloyati – 74055 ta;
- Xorazm viloyati – 31162 ta;
- Toshkent shahri – 54822 ta.
Izoh (0)