Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tadbirkorning mulkini qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi, deb xabar beradi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Z.B. ismli shaxs “A.G.” MCHJ rahbari R.ni aldab, umumiy qiymati 245 million so‘mlik 50 tonna bitum mahsulotini pulini berish sharti bilan olgani aniqlangan. U keyinchalik mahsulotlarni boshqa shaxslarga sotib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)