2022-yilning yanvar—avgust oylarida O‘zbekiston 12 ta xorijiy mamlakatga qiymati 32,7 million dollarga teng bo‘lgan 130,2 ming tonna karam eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, mahsulot eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,5 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston eng ko‘p karam eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 91,6 ming tonna;
- Rossiya – 26 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 6,7 ming tonna;
- Belarus – 5,2 ming tonna;
- Ukraina – 513,3 tonna;
- Litva – 98,1 tonna.
- Toshkent viloyati – 28,2 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 20,1 ming tonna;
- Farg‘ona viloyati – 13,6 ming tonna.
Izoh (0)