“Bavariya” Chempionlar Ligasi 3-turida “Viktoriya Plzen”ni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Myunxenliklar klubi musobaqa guruh bosqichida qatorasiga 10 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. So‘nggi bor “Bavariya” 2020-yilning dekabrida “Atletiko”ga qarshi bahsda (1:1) ochko yo‘qotgandi.
Guruh bosqichidagi ketma-ket 10 ta g‘alaba YCHL rekordi hisoblanadi. Shu vaqtga qadar hech qaysi jamoa ushbu natijani qayd eta olmagan.
“Bavariya” keyingi o‘yinini ham “Viktoriya”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 12-oktabr kuni Plzenda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)