• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya asirligidan keyin “azovchi”larning ko‘rinishi, Limandagi vayronalar. Urushning 223-kunidan fotoreportaj

    4-oktabr kuni Rossiya Federatsiya Kengashi Ukraina hududlarini anneksiya qilishni bir ovozdan ma’qulladi. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Xerson viloyatidagi yana sakkizta aholi punkti ozod etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Rossiya bilan muzokaralar olib borishni taqiqlash haqidagi farmonni imzoladi. Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yana 625 million dollarlik yordam paketi ajratdi, jumladan, bu yangi HIMARS qurilmalarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Aleksandr Lukashenko Belarus Ukrainadagi urushda ishtirok etayotganini tasdiqladi. Meduza urushning 223-kuniga oid asosiy fotosuratlarni jamladi.

    Rossiyada to‘rt oy asirlikda saqlangan “azovchi”larning fotosuratlari

    “Uydagi birinchi kunimda sartaroshxonaga bordim, sochimni oldirdim. Jabrlanuvchi bo‘lib ko‘rinishni hech qachon xohlamaganman”, — deydi Ukrainaga qaytarilgan Dmitriy Kozatskiy  fotograflar Konstantin va Vlad Liberovlarga. Kozatskiy — “Azov” jangchisi, u Mariupol himoyachilarini suratga olardi. 20-may kuni u “Azovstal”da qolgan harbiylar bilan birga asirga tushdi.

    Uch oy o‘tgach, Rossiya va Ukraina asirlarni almashdi: 215 nafar ukrainalik askar, shu jumladan zavod himoyachilari va “Azov” polki qo‘mondonligi Ukraina asirligidagi Viktor Medvedchuk va 55 nafar rus askari bilan almashtirildi. Uyga qaytgan “azovchi”larning aksariyati asirlikda ozib-to‘zib ketgandi.

    Fotosuratchi va “Azov” polki matbuot xizmati rahbari Dmitriy Kozatskiyning asirlikdan qaytgandan keyingi ko‘rinishi.

    Fotosuratchi va “Azov” polki matbuot xizmati rahbari Dmitriy Kozatskiyning asirlikdan qaytgandan keyingi ko‘rinishi.
    Foto: Instagram

    Kozatskiyning Mariupolda qamalda qolgan “Azovstal” zavodidan olgan bir qator fotosuratlari Parijda o‘tkazilgan Prix de la Photographie, Paris (Px3) foto tanlovida Press/War nominatsiyasida g‘olib chiqdi va “Press” umumiy yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu vaqtda fotografning o‘zi Rossiya asirligida edi.

    Kozatskiyning Mariupolda qamalda qolgan “Azovstal” zavodidan olgan bir qator fotosuratlari Parijda o‘tkazilgan Prix de la Photographie, Paris (Px3) foto tanlovida Press/War nominatsiyasida g‘olib chiqdi va “Press” umumiy yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu vaqtda fotografning o‘zi Rossiya asirligida edi.
    Foto: Instagram

    Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan ozod qilingan Liman shahri va uning atrofidagi qishloqlar 

    1-oktabr kuni Ukraina harbiylari Donetsk viloyatidagi 20 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi kichik shahar Limanga kirdi, rus qo‘shinlari uni 2022-yilning yozi boshida qo‘lga kiritgan edi. Limandan chekinish chog‘ida Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Bosh boshqarmasining 3-gvardiya maxsus kuchlari brigadasidan kamida to‘qqiz nafar rossiyalik harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, deb xabar beradi BBC rus xizmati. Bo‘limning yana bir askari og‘ir yaralangan. Ammo Rossiya “harbiy muxbirlari” da’vo qilishicha, shahar mudofaasida qo‘shinlarning elita qismi emas, balki “ko‘ngillilar”, kazaklar, shuningdek, LXRning safarbar qilingan aholisi qatnashgan.

     

    Ukraina harbiylari Donetsk viloyati Liman yaqinidagi yo‘lda bronotransportyorga davlat bayrog‘ini o‘rnatmoqda.

    Ukraina harbiylari Donetsk viloyati Liman yaqinidagi yo‘lda bronotransportyorga davlat bayrog‘ini o‘rnatmoqda.
    Foto: AFP

    Ukraina harbiy xizmatchilari ozod qilingan Limanda davlat bayrog‘ini ko‘tarish marosimida.

    Ukraina harbiy xizmatchilari ozod qilingan Limanda davlat bayrog‘ini ko‘tarish marosimida.
    Foto: EPA

    Yaqinda qaytarib olingan Limandagi vayronalar.

    Yaqinda qaytarib olingan Limandagi vayronalar.
    Foto: EPA

    Ukraina bronetransportyori Limandan 16 kilometr uzoqlikdagi vayron bo‘lgan Shandrigolovo qishlog‘idan o‘tmoqda.

    Ukraina bronetransportyori Limandan 16 kilometr uzoqlikdagi vayron bo‘lgan Shandrigolovo qishlog‘idan o‘tmoqda.
    Foto: WP

    Shandrigolovo qishlog‘i aholisi Rossiya zarbalaridan vayron bo‘lgan uylari yonida turibdi.

    Shandrigolovo qishlog‘i aholisi Rossiya zarbalaridan vayron bo‘lgan uylari yonida turibdi.
    Foto: AP Photo

    Xarkov va Kramatorskning o‘qqa tutilishi

    4-oktabrga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari tomonidan Xarkovning ikki tumani o‘qqa tutilishi oqibatida bir ayol halok bo‘ldi va “muhim infratuzilma”ga zarar yetdi, deb xabar qildi Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov. O‘sha kecha Rossiya harbiylari Donetsk viloyatining Kramatorsk shahrini ham o‘qqa tutdi. Kramatorsk shahar kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki aholi jarohatlangan.

    Xarkovning o‘qqa tutilgan zavodidagi yong‘in izlari. Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari hududni Belgoroddan turib o‘qqa tutgan.

    Xarkovning o‘qqa tutilgan zavodidagi yong‘in izlari. Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari hududni Belgoroddan turib o‘qqa tutgan.
    Foto: EPA

    Ishchilar Xarkovdagi Rossiya raketasi tushgan elektr podstansiyasini ko‘zdan kechirmoqda.

    Ishchilar Xarkovdagi Rossiya raketasi tushgan elektr podstansiyasini ko‘zdan kechirmoqda.
    Foto: Anadolu

    Donetsk viloyatining Kramatorsk shahri aholisi vayron bo‘lgan uy yonidagi o‘rani tomosha qilmoqda.

    Donetsk viloyatining Kramatorsk shahri aholisi vayron bo‘lgan uy yonidagi o‘rani tomosha qilmoqda.
    Foto: AFP

    Kommunal xizmatchilar Kramatorskda tungi hujumdan qolgan raketa korpusini yuk mashinasiga ortmoqda.

    Kommunal xizmatchilar Kramatorskda tungi hujumdan qolgan raketa korpusini yuk mashinasiga ortmoqda.
    Foto: AP Photo

    Sharqiy Ukrainada kechgan jang oqibatlari

    Xarkov viloyatida Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumni davom ettirmoqda. Vladimir Zelenskiy shu hafta Xerson viloyatidagi aholi punktlaridan tashqari Xarkov, Lugansk va Donetsk viloyatlaridagi shahar va qishloqlar “Rossiya psevdoreferendumidan ozod qilinganini” aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap o‘nlab ozod qilingan aholi punktlari haqida ketmoqda.

    Xarkov viloyatida vayron bo‘lgan Yatskovka qishlog‘i.

    Xarkov viloyatida vayron bo‘lgan Yatskovka qishlog‘i.
    Foto: AFP

    Yaqinda qaytarib olingan Kupyanskda Ukraina harbiylari qo‘lga olingan rus tankini tortib ketishga tayyorlamoqda.

    Yaqinda qaytarib olingan Kupyanskda Ukraina harbiylari qo‘lga olingan rus tankini tortib ketishga tayyorlamoqda.
    Foto: EPA

    Kupyansk yaqinida joylashgan Petropavlovka qishlog‘idagi vayron qilingan kafeda ukrainalik politsiyachi rus askarining jasadini ko‘zdan kechirmoqda.

    Kupyansk yaqinida joylashgan Petropavlovka qishlog‘idagi vayron qilingan kafeda ukrainalik politsiyachi rus askarining jasadini ko‘zdan kechirmoqda.
    Foto: EPA

    Donetsk viloyati, Yatskovka qishlog‘idagi yonilg‘i quyish shoxobchasida yotgan ot jasadi.

    Donetsk viloyati, Yatskovka qishlog‘idagi yonilg‘i quyish shoxobchasida yotgan ot jasadi.
    Foto: AP Photo

    Mavzuga doir: Izyumda topilgan qiynoq kameralari, Ukraina sharqida vayron qilingan ko‘priklari. Urushning 222-kunidan fotoreportaj

     

    05.10.2022, 15:19   Izoh (0)   12516
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti organik sintezning innovatsion uslublari uchun berildi

    05.10.2022, 15:16

    Green Card nima va uni qanday qo‘lga kiritish mumkin? Eng asosiy ma’lumotlar

    05.10.2022, 14:56

    Qozog‘istondagi prezidentlik saylovlarida To‘qayevning nomzodi ilgari surildi

    05.10.2022, 13:24

    Qirg‘iziston parlamenti rahbari iste’foga chiqdi

    05.10.2022, 12:55

    Internetda Medvedevning KXSHTga harbiy yordam so‘rab yozgan xati paydo bo‘ldi. Rossiya uni qalbaki deb atadi

    05.10.2022, 12:28

    Putin Ukraina hududlarini anneksiya qilish haqidagi qonunlarni imzoladi va yangi subyektlar rahbarlarini tayinladi

    05.10.2022, 12:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.