Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

3-oktabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari Xerson viloyatining Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan bir qancha aholi punktlarini ozod qildi. Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bular Arxangelskoye va Mirolyubovka qishloqlaridir (Rossiya “harbiy muxbirlari”ga ko‘ra, gap Dnepr bo‘yidagi 25 kilometrlik hudud haqida ketmoqda). Rossiya Davlat Dumasi Ukraina hududlarini “Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiritish” to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Rossiyaning turli shaharlarida so‘nggi kunlarda safarbar qilinganlardan kamida yetti nafari halok bo‘ldi, kamida ikki nafari o‘z joniga qasd qilgan. Meduza urushning 222-kuniga oid asosiy fotosuratlarni taqdim etdi.

Ozod qilingan Liman manzaralari

Liman shahrining yuqoridan ko‘rinishi. Donetsk viloyatidagi shahar ozod qilingani haqida 1-oktabr kuni ma’lum bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bunga javoban “qamalda qolish xavfi yuzaga kelgani munosabati bilan” Rossiya qo‘shinlari Limandan boshqa “foydaliroq yo‘nalishlarga” olib chiqilganini aytdi.

Foto: Anadolu

Limanlik fuqaro vayron bo‘lgan turar joy binosi yonida suv olmoqda. Urushdan oldin shaharda 20 mingga yaqin odam yashagan. Rus qo‘shinlari uni yoz boshida egallab olgandi.

Foto: AP Photo

Ukraina harbiylari o‘z bo‘linmasi pozitsiyalarida soch olmoqda.

Ukraina Qurolli Kuchlari askarlari mopedda rus harbiylarining jasadlari yonidan o‘tmoqda.

Ukrainalik askarlar halok bo‘lgan quroldoshlarini qidirmoqda.

Dam olishga o‘tirgan askar.

Dam olishga o‘tirgan askar.
Foto: AP Photo

Liman qaytarilganidan keyin Ukraina Qurolli kuchlari Lugansk viloyati hududlarini nishonga olayotgan bo‘lishi mumkin. U yer bahor va yoz oylarida Rossiya tomonidan bosib olingan. 

Izyumdagi qiynoq kameralari. Fotosuratlar Yevgeniy Maloletka tomonidan olingan

Yevgeniy Maloletka — ukrainalik fotosuratchi, Associated Press (AP) agentligi uchun ishlaydi. Uning suratlari, jumladan, Mariupoldagi tug‘ruqxona yaqinida aviabomba portlagandan keyin olingan suratlar urushning asosiy kadrlariga aylandi. Sentabr oyida Maloletka va AP muxbirlari Ukraina qo‘shinlari tomonidan ozod qilingan Izyumga bordi. Shaharda ular rus harbiylari tinch aholini qiynoqqa solgani aytilgan o‘nta joyni (shu jumladan politsiya bo‘limi va ikkita maktabni) topdi. Bunga qadar ommaviy qabrda qiynoq belgilari bo‘lgan jasadlar topilgandi.

Politsiya bo‘limi yerto‘lasi.

Politsiya bo‘limi yerto‘lasi.
Foto: AP Photo

Yerto‘ladagi likopcha. AP ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda istilo davrida tinch aholi saqlangan.

Politsiya bo‘limi yerto‘lasidagi kameralarga olib boradigan eshiklar.

Andrey Kotsar — qiynoqlardan omon qolgan kishilardan biri.

Qiynoqlardan omon qolgan Mikola Mosyakin.

Izyumning 2-sonli maktabida ukrainalik askarning kurtkasi.

Ukraina harbiylari Izyumdagi bolalar bog‘chasining yerto‘lasini ko‘zdan kechirmoqda, AP ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda ruslar Ukraina Qurolli Kuchlari askarlari va tinch aholini qiynoqqa solgan.

Ukraina sharqida vayron qilingan ko‘priklar

Kupyanskda ukrainalik harbiylar Oskol daryosi ustidagi o‘qqa tutilgan ko‘prikdan o‘tmoqda. Urushning dastlabki kunlarida rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan shahar 10-sentabr kuni ozod qilindi.

Foto: EPA

Donetsk viloyatining Svyatogorsk shahridagi Severskiy Donets daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prikda mobil aloqani tutishga urinayotgan kishi. Shahar 7-iyun kuni rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan, Ukraina kuchlari 12-sentabrda Svyatogorskni to‘liq ozod qildi.

Foto: Reuters

Ukraina askarlari ozod qilingan Izyumdagi ko‘prikdan metall bo‘laklarini yig‘ib olmoqda.

Ukraina askarlari ozod qilingan Izyumdagi ko‘prikdan metall bo‘laklarini yig‘ib olmoqda.
Foto: AP Photo

Kupyanskdagi Oskol daryosidan o‘tuvchi vayron qilingan ko‘prik.

Kupyanskdagi Oskol daryosidan o‘tuvchi vayron qilingan ko‘prik.
Foto: EPA

Fuqarolik va harbiy mashinalar Izyumdagi vaqtinchalik ko‘prik orqali Severskiy Donetsdan o‘tmoqda.

Fuqarolik va harbiy mashinalar Izyumdagi vaqtinchalik ko‘prik orqali Severskiy Donetsdan o‘tmoqda.
Foto: AP Photo

Donbass shimolida janglar

Ukraina bronetransportyori Donetsk viloyatidagi pozitsiyalarida. Liman ozod qilinib, rus qo‘shinlari shahardan haydalgach, mintaqaning boshqa yo‘nalishlarida, masalan, Gorlovka va Lisichanskda janglar davom etmoqda.

Foto: AFP

Ukraina harbiylari Donetsk viloyatidagi front chizig‘i yaqinida turgan “Grad” baravar o‘t ochuvchi reaktiv tizimi ustida.

Ukrainalik harbiylar “Grad” tizimini o‘t ochishga shaylamoqda.

“Grad” tizimidan Rossiya pozitsiyalariga qarata o‘t ochilmoqda.

Rossiya aviatsiyasi frontda

Rossiya Qurolli Kuchlari Janubiy harbiy okrugining Mi-24 vertolyoti.

Foto: “TASS”

Rossiya kuchlarining Mi-24 samolyoti.

Rossiya kuchlarining Mi-24 samolyoti.
Foto: “TASS”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi