G‘arb Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish borasidagi faoliyatida o‘zgarish sezilmayotganini bildirdi, deb xabar beradi “Redaksiya”.
“Biz shubhali deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan hech qanday ko‘rsatkich yoki faoliyatni ko‘rmayapmiz. Rossiya strategik yadroviy kuchlari atrofidagi faoliyat odatdagidan nariga o‘tmaydi”, — deyiladi manbada.
Avvalroq NATO alyans a’zolarini Rossiya Ukraina yaqinida yadro sinovlari o‘tkazishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
AQSH Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan Vashington Moskvani yadro qurolidan foydalansa, aniq “halokatli oqibatlar” haqida ogohlantirgani haqida aytgan.
Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari va iste’fodagi general Devid Petreusning aytishicha, agar Rossiya yadro qurolidan foydalansa, AQSH va uning ittifoqchilari Ukrainadagi rus qo‘shinlari va texnikasini yo‘q qilishi, shuningdek, Qora dengiz flotini cho‘ktirib yuborishi mumkin.
Izoh (0)