“PSJ” Lionel Messining shartnomasi bo‘yicha ishlamoqda.
Parijliklar Leoga 2024-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qildi, deya xabar beradi Nikolo Skira. Bitimda yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.
Argentinalikning amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.
Avvalroq Messi “PSJ” taklif qiladigan shartnoma haqida o‘ylamayotgani xabar qilingandi. “Barselona” Leoni ortga qaytarishga harakat qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Messi 2022/23-yilgi mavsum Liga 1 da 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)