Toshkent viloyati Zangiota tumanida fuqaro Malibu avtomobilida poytaxtga 3 kilogramm gashish olib o‘tayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB hamda DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamkorligida Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor-qidiruv tadbiri natijasida 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. (Toshkent shahrida yashovchi) o‘ziga tegishli bo‘lgan Malibu avtomashinasida 2 kilogramm 933 gramm gashish giyohvandlik vositasini Termizdan Toshkent shahriga olib kelayotgan vaqtida ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Zangiota tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)