• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Moliya

    O‘zbekiston banklarida omonatlar: ular qanchalik kafolatlangan?

    Har bir insonda banklarda omonat ochish oldidan uni kim kafolatlashi to‘g‘risida savollar paydo bo‘lishi mumkin. “Daryo” O‘zbekistonda omonatlar qanchalik kafolatlanganini tahlil qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bank fuqarolardan omonatlarni jalb qilishi uchun O‘zbekiston Markaziy bankidan litsenziya olishi kerak bo‘ladi. 

    Shu tariqa omonatlar, fuqarolardan omonatlarni jalb qilish bo‘yicha mutlaq huquqqa ega bo‘lgan tashkilotga topshirilgan.

    Banklar fuqarolarning omonatlarini faoliyat uchun resurs sifatida ishlatishini inobatga olgan holda O‘zbekiston Markaziy banki nafaqat banklar faoliyatini litsenziyalaydi, balki ularni tartibga soladi va nazorat qiladi.

    Banklardagi omonatlarni kim kafolatlaydi?

    Pul mablag‘larni omonatga qo‘yish bo‘yicha banklar takliflarini ko‘rib chiqayotganda, har kimda “mening pul mablag‘larim qanchalik himoyalanadi?”, “bank bankrot bo‘lgan taqdirda omonatni qaytarish muddati qanday?” kabi savollar paydo bo‘ladi.

    Davlat tomonidan omonatlarni kafolatlash tizimi yaratilgan bo‘lib, ushbu tizim muayyan vaziyatlar ro‘y berganda fuqarolarga pul mablag‘larni qaytarib berishni ta’minlaydi.

    Ushbu tizim omonat hajmi va valyutasidan qat’iy nazar uning 100 foiz qaytarilishini kafolatlaydi.

    Omonatlarni to‘liq hajmda qaytarish kafolati O‘zbekiston Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4057 sonli Farmoniga asosan kiritilgan.

    Bunday tizim esa barcha mamlakatlarda ham ishlayvermaydi. Masalan, Rossiyada davlat omonatlarni faqat 1,4 million rublgacha (196 million so‘m) qaytarishni kafolatlaydi.

    O‘zbekistonda omonatlarni kafolatlash va qaytarish bo‘yicha mas’ul davlat tashkiloti omonatlarni kafolatlash Fondi hisoblanadi. 

    Fond O‘zbekistonning “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq faoliyat yuritadi.

    Qanday vaziyatlarda fuqarolarning omonatlarini qaytarilishi Fond tomonidan kafolatlanadi?

    Ushbu bank litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlarini qaytarilishi Fond tomonidan kafolatlanadi.

    Omonatlarning qaytarilishi bank qayta tashkil etilgan holatlarda kafolatlanmaydi, chunki omonatlar saqlanadigan hisobvaraqlar saqlanib qoladi.

    Bankda omonatni saqlash muddati uchun foizlar bo‘yicha to‘lovlar ko‘zda tutiladimi?

    Omonatlarni kafolatlashda ularning summasi foiz to‘lovlarisiz qaytarilishi ko‘zda tutilgan. 

    Ammo, agar omonat shartlarida foizlarni kapitalizatsiyalash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunda Fond kapitalizatsiyalangan foizlarni hisobga olgan holda omonat qaytarilishini kafolatlaydi.

    Omonatlarni qaytarish uchun Fond mablag‘lari qayerda saqlanadi va ular qanday shakllanadi?

    Fond mablag‘lari O‘zbekiston Markaziy bankida saqlanadi va banklarning badallari hisobidan shakllanadi.

    Qaysi hollarda Fond tomonidan fuqarolarning omonatlarini qaytarilishi kafolatlanmaydi?

    Fond tomonidan quyidagi pul mablag‘lari kafolatlanmaydi:

    • qonun hujjatlarida kafolatlashning maxsus tartibi nazarda tutilgan omonatlar;
    • fuqarolar tomonidan banklarga ishonch boshqaruvi uchun o‘tkazilgan mablag‘lar;
    • taqdim etuvchining hisobvaraqlaridagi mablag‘lar;
    • kompaniya tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lari, agar ushbu hisobvaraqlar tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan ochilgan bo‘lsa;
    • fuqarolar tomonidan mazkur bank yoki uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarni ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan mablag‘lar;
    • O‘zbekiston hududidan tashqarida joylashgan O‘zbekiston banklari filiallariga joylashtirilgan omonatlar.

    Bank litsenziyasi chaqirib olingan taqdirda kimdan va qaysi muddat ichida omonatlaringizni qaytarib olasiz?

    Fuqarolarning omonatlarini qaytarilishi bank va Fond mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Banklardagi omonatlarni to‘lab berish tartibi 4 bosqichdan iborat:

    — Bankning tugatish komissiyasi Markaziy bank tomonidan litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran 2 oy mobaynida kreditorlarni (qarz beruvchilar) aniqlash va debitorlik qarzlarni ( bankka tegishli qarzlar summasi) va Markaziy bank majburiy zaxira fondiga o‘tkazilgan mablag‘larni olish;

    — Tugatish komissiyasi 10 kunlik muddatda Fondga zarur hujjatlarni va omonatlarni to‘lab berish uchun fonddan zarur mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart;

    — Fond, hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 3 kun ichida banklardagi omonatlarni to‘lab berish tartibi va muddati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida ma’lumot e’lon qiladi;

    — Fond e’lon qilgan kundan boshlab 10 kun ichida omonatlarni qaytarilishini boshlashi shart. Qaytarish Fond belgilaydigan bank tomonidan amalga oshiriladi. 

    O‘zbekistonda omonatlar bilan vaziyat qanday?

    O‘zbekiston banklarida milliy valyutadagi omonatlarning maksimal foiz stavkasi 24 foizni, minimali esa 15 foizni tashkil etadi.

    Aksariyat banklar yillik 22 foiz stavka bilan depozitlarni taklif qiladi. Shu yilning kuzida mamlakatning 29 ta bankida 10 oydan 3 yilgacha muddatga omonat ochish mumkin bo‘ladi.

    Hozirda 32 ta bankdan faqat 29 tasi milliy valyutada omonatlar taklif qilmoqda. “O‘zagroeksportbank”, “Ravnaq bank”, Hi-tech bank banklari tomonidan vaqtinchalik omonatlar taklif etilmayapti.

    Natijalarga ko‘ra, jismoniy shaxslarga taklif etiladigan qulay yuqori foizlar bilan omonatlar bo‘yicha Top banklar orasidan joy egallagan banklar:

    • TBC Bank — foiz stavkasi 23 foiz, omonat minimal miqdori 10 ming so‘m, omonat muddati 24 oy;
    • “Anor bank” — foiz stavkasi 23 foiz, omonat muddati 13 oy, minimal miqdori 100 ming so‘m;
    • “Agrobank” va “Universal bank” — yillik foiz stavka 23 foiz, omonat muddati 13 oy, minimal qiymati 500 ming so‘m;
    • “Madad invest bank” — foiz stavkasi 24 foiz, omonat muddati 13 oy, minimal miqdori 1 million so‘m.

    Bundan tashqari O‘zbekistondagi 32 ta bankdan faqat 25 tasi xorijiy valyutada omonatlar taklif etmoqda. 

    Sentabr oyida 1 yilgacha va undan yuqori muddatga xorijiy valyutadagi barcha omonatlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalar 4,4 foizni tashkil etdi.

    Bugungi kunda “O‘zagroeksportbank”, “Savdogarbank”, TBC Bank, “Tenge bank”, “Davrbank”, “Ravnaq bank”, Hi-tech bank tomonidan xorijiy valyutada omonatlar taklif etilmayapti.

    Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada taklif etilayotgan qulay, yuqori foizlar bilan oflayn omonatlar bo‘yicha Top banklar orasidan joy egallagan banklar:

    • “Turon bank” — foiz stavkasi 5,7 foiz, omonat muddati 12 oy, minimal miqdori 10 dollar;
    • “Qishloq qurilish bank” — foiz stavkasi 5 foiz, minimal miqdori 100 dollar, muddati 36 oy;
    • “Anor bank” — foiz stavkasi 5 foiz, minimal miqdori 100 dollar, muddati 24 oy.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 32 bankning 11 tasida omonatlar bo‘yicha foiz stavkasi 5 foizdan oshmaydi.

    Maqolada Markaziy bankning “Finlit.uz” sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.

    28.09.2022, 13:20   Izoh (0)   39284
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV: Turkiya ikki kun ichida MIR kartalariga muqobil to‘lov tizimi tafsilotlarini e’lon qiladi

    28.09.2022, 11:53

    O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?

    27.09.2022, 23:38

    O‘zbekistonda 2022—2023-o‘quv yili uchun ta’lim kreditlarining 76 foizi ayollarga ajratilgan — Markaziy bank

    27.09.2022, 22:42

    Janubiy Koreyaning eng yirik banklaridan biri O‘zbekistonda sho‘ba bankini ochmoqchi

    27.09.2022, 17:12

    Qirol Charlz III 2024-yilning o‘rtalarida Britaniya banknotlarida paydo bo‘ladi

    27.09.2022, 12:28

    AQSH Kongressi Ukrainaga 12 mlrd dollarlik yangi yordam paketini ajratishga kelishib oldi

    26.09.2022, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonning ikki tumani “Tashabbusli byudjet”da ovoz bermaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 00:07

    Xitoy va amerikalik olimlar binolarni sovitadigan sement ishlab chiqdi

    Dunyo | 21 avgust, 23:50

    O‘zbekistonda ayollar rahbarlik qiluvchi kichik korxona va firmalar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 23:40

    Daniya kitobxonlikni rivojlantirish uchun kitoblarga qo‘yilgan 25 foizlik soliqni bekor qiladi

    Dunyo | 21 avgust, 23:30

    Yetti oylik inflyatsiya darajasi 4 foizni tashkil etdi — Statqo‘m

    Iqtisodiyot | 21 avgust, 23:20

    DeepSeek sun’iy intellekti yangilangan modelini taqdim etdi

    Dunyo | 21 avgust, 23:10

    AQSHda mexanik 10 yil oldin yo‘qolgan hamyonni kapot ostidan topib, egasiga qaytardi

    Dunyo | 21 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.