AQSH Kongressi a’zolari Ukrainaga qo‘shimcha yordam paketi ajratish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu 12 milliard dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi Reuters.
Unga ko‘ra, qonun loyihasi 1-oktabrgacha ko‘rib chiqiladi. AQSH prezidenti Jo Bayden 3-sentabr kuni Kongressdan Ukraina uchun yangi yordam paketini so‘radi.
Mablag‘lar 2023-moliyaviy yilning birinchi choragida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, bu mablag‘lar yangi qurollarga, shuningdek, Ukraina iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Avvalroq Pentagon Ukraina uchun 2,2 million dollarlik kamikadze dronlarni sotib olishi haqida xabar berilgan edi.
AQSH hukumati 24-fevraldan beri Ukrainaga taxminan 18 milliard dollar ajratdi.
Izoh (0)