O‘zbekistondagi ayol rahbarlar boshqaruvchi kichik korxona va firmalar soni maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 43 860 tani tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 611 taga yoki 6,3 foizga ko‘p.
2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, respublikada 372,9 mingta shu turdagi korxonalar faoliyat yuritayotgani maʼlum qilingandi. Bu umumiy korxona va tashkilotlarning 84,3 foizi degani.

Ayollar rahbarligidagi kichik korxona va firmalarning eng katta qismi, yaʼni 12 814 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Undan keyingi o‘rinlarda esa Toshkent viloyati va Samarqand turibdi.
Ushbu turdagi tashkilotlar soni hududlar kesimida quyidagicha:
1.Toshkent shahri – 12 814 ta;
2.Toshkent viloyati – 5 598 ta;
3.Samarqand viloyati – 3 905 ta;
4.Qoraqalpog‘iston R. – 2 866 ta;
5.Xorazm viloyati – 2 673 ta;
6.Surxondaryo viloyati – 2 656 ta;
7.Buxoro viloyati – 2 434 ta;
8.Farg‘ona viloyati – 2 035 ta;
9.Navoiy viloyati – 2 025 ta;
10.Qashqadaryo viloyati – 1 879 ta;
11.Jizzax viloyati – 1 366 ta;
12.Sirdaryo viloyati – 1 252 ta;
13.Andijon viloyati – 1 227 ta;
14.Namangan viloyati – 1 130 ta.
Izoh (0)