O‘zbekistonda 2022-yil 1-oktabr sanasidan boshlab dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishga grant ajratiladi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, prezidentning “2022—2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-357-son) qarori imzolangan.
Unga ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha grantlar ajratish tartibi joriy qilinadi.
Izoh (0)