Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘istonliklar endilikda hudud rahbariyatiga Telegram-bot orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges raisi Amanbay O‘rinbayev ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Qayd etilishicha, 25-sentabr kunidan boshlab Jo‘qorg‘i Kenges raisi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularning muammolarini shaxsan nazoratiga olinishini ta’minlash maqsadida Telegram-bot ishga tushirilgan.

“Bilaman, bu botning to‘liq ravishda ishlab ketishi ham qiyin. Sababi hozir avtomatlashtirilgan dasturini to‘liq ishlab chiqishga ulgurmadik. Hozircha hammasi qo‘lda boshqariladi. Murojaat ham ko‘payadi. Bir oy ko‘payar, ikki oy ko‘payar. Ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, hammasi yaxshi bo‘ladi”, — deydi Amanbay O‘rinbayev.

Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenges tarkibida Murojaatlar bilan ishlash va Ijro tartibini nazorat qilish bo‘limlari ham tashkil qilingan. Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi taklif egasi yil yakunida taqdirlanishi e’lon qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi