“Barselona” va Urugvay terma jamoasi himoyachisi Ronald Arauxo Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (0:1) jarohat oldi.
Kataloniyaliklar matbuot xizmati 23 yoshli futbolchining o‘ng oyoq sonida sinish yuz berganini xabar berdi. Bu mushak paylari biriktirilgan joyda suyak zarralarining ajralishidir.
Avvaliga Arauxo JCH—2022 ga qadar tiklanib olishi uchun, jarrohlik amaliyotini rad etmoqchi ekani aytildi. Biroq AS nashrining yozishicha, futbolchi hozircha aniq bir qarorga kelmagan. Operatsiya varianti ham yo‘q emas. Tez orada Ronald shifokorlar va “Barselona” murabbiylar shtabi bilan uchrashib, tiklanish usulini hal qiladi.
Arauxo qanday usulda davolanishiga qaramasdan, kamida 6—8 haftani o‘tkazib yuboradi. Endi futbolchi konservativ davolash uchun to‘liq tiklanishga imkon berishiga shubha qilmoqda. “Barselona”dagilar Jahon Chempionati qaror chiqarishda hal qiluvchi omil bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.
Ronaldning tanlovi “ko‘k-anorranglilar” shifokorlari fikriga bog‘liq bo‘ladi. U klub shifokorlari maslahatiga e’tibor qilmasdan operatsiyadan bosh tortgan Samyuel Umtiti va Ansu Fati yo‘lini takrorlamoqchi emas.
Diario Sport nashrining yozishicha, Urugvay terma jamoasi vakillari Arauxoni Jahon Chempionatida ishtirok etishi uchun operatsiyadan voz kechishga undamoqda. Urugvayliklar Ronaldni avgust oyida jarohat olgan Diyego Godinga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Kataloniyaliklar Arauxo jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lishini istaydi. Bu konservativ davolash usulidan so‘ng sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni oldini oladi, deb hisoblamoqda. Klub futbolchini jarohatidan to‘liq tuzalishi tarafdori.
Izoh (0)