“Barselona” va “Liverpul” qishki transfer oynasida futbolchilarni almashtirishi mumkin.
Diario Sport xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Roberto Firminoni, inglizlar esa Memfis Depayni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Rokirovkaning sababi futbolchilarning nihoyasiga yetayotgan shartnomasi hisoblanadi. 2023-yil yozida Firminoning “Liverpul” bilan, Depayning “Barselona” bilan shartnomasi o‘z yakuniga yetadi.
Jamoalar futbolchilarini tekinga qo‘yib yuborishni xohlamay, ularni rokirovka qilish haqida o‘ylamoqda.
Roberto Firmino 2022/23-yilgi mavsum “qizillar” safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Depay esa 3 ta o‘yinda maydonga tushgan va bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Izoh (0)