Vladimir Putin tomonidan Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan keyin ko‘plab rossiyaliklar Qozog‘istonga ham qochib o‘tishni boshladi. Ular shunchaki o‘lib ketishni istamasligini aytmoqda, deb yozadi Tengrinews.
Rossiyadan kelganlarning aytishicha, mamlakatda safarbarlik e’lon qilinishi bilan ular darhol Qozog‘istonga yo‘l olgan, keyingi qadamlari haqida yo‘lda qaror qabul qilgan, ko‘pchiligi oilasini uyda qoldirib kelgan. Ularning barchasi “sababini tushunmasdan” o‘lib ketishni xohlamasligini aytmoqda.
Rossiyadan kelganlar yo Qozog‘istonda bir muddat qolib, shu yerda ish topishga urinib ko‘rishni yoki boshqa davlatlarga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.
Qozog‘istonda rossiyaliklarning oqimi tufayli, ijara uy-joy narxi oshib davom etmoqda.
Izoh (0)