Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti a’zolari bo‘lgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘z fuqarolarining Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishiga qarshi chiqdi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Qozog‘istonda chet mamlakat hududidagi jangovar harakatlarda qatnashganlik uchun 5 yildan 9 yilgacha qamoq muddati ko‘zda tutilgan. Bu respublika jinoyat kodeksining tegishli moddasida qayd etilgan.

Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi ham o‘z fuqarolarini xuddi shunday xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlik kutayotgani haqida ogohlantirdi. Ular 5 yildan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi, shuningdek, mol-mulki ham musodara etilishi mumkin.

Rossiyada yashovchi Qirg‘iziston fuqarolari qandaydir jangovar harakatlarda qatnashishga da’vat qilinsa, zudlik bilan o‘z mamlakati diplomatik vakolatxonasiga murojaat etishlari maslahat berildi.

Avvalroq Bosh prokuratura xorijdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, ularni chet davlatlar harbiylashgan tuzilmalariga yollanish javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirgandi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.

21-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. “Vatanimiz, yaxlitligimizni himoya qilish uchun qisman safarbarlikni qo‘llab-quvvatlash zarur, deb hisoblayman”, — dedi Rossiya rahbari.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizini tashkil qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda noqonuniy yer oldi-sotdisi bo‘yicha rekord yangilanmoqda
Mahalliy
Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi