Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Ukrainadagi bosib olingan hududlarda referendum o‘tkazish rejasini qoraladi.
“Biz Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi ayrim hududlarida bir tomonlama referendum o‘tkazishga urinishlardan xavotirdamiz. Bunday noqonuniy amaliyot xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmaydi. Aksincha, bu diplomatik jarayonning tiklanishiga to‘sqinlik qiladi va beqarorlikni chuqurlashtirish”, — deyiladi bayonotda.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Ukrainaning hududiy yaxlitligi, mustaqilligi va suvereniteti qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi va “hozirgi urushni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etish uchun har qanday tarzda hissa qo‘shishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi”.
Shu paytgacha Anqara, Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida referendum o‘tkazish haqidagi e’lonlariga izoh bermagan edi.
23—27-sentabr kunlari Rossiya nazoratidagi Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlari hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shish bo‘yicha referendum o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu qaror allaqachon Yevropa Ittifoqi, NATO, AQSH va boshqa qator davlatlar tomonidan qoralangan.
Izoh (0)