Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“SNG Glavnoye” Telegram-kanali Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovga murojaat qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolariga ogohlantiruvchi bildirishnomalar yuborishni so‘radi.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Sizga Rossiyadagi so‘nggi voqealar munosabati bilan murojaat qilmoqdamiz. Ya’ni safarbarlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli. Bilasizki, Rossiyada Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan mehnat muhojirlarini ‘ko‘ngillilar’ safiga jalb qilish uchun faol propaganda va urinishlar olib borilmoqda. Ularning ko‘pchiligi ma’lumoti kam odamlar, ularni aldashmoqda, ba’zilarni esa pul yoki fuqarolik berish haqidagi va’dalar bilan o‘z tomoniga og‘dirmoqda. Yana shunday holatlar ham bo‘lyaptiki, ularning pasportlari olib qo‘yilib, o‘zlari to‘p yemi sifatida qizg‘in urush borayotgan nuqtalarga yuborilmoqda!” — deyiladi murojaatda.

Pavel Durovdan ikkala tomondan ham odamlar hayotlarini saqlab qolishda yordam so‘rashgan. “Sizning jamoangiz pandemiya chog‘ida xabarnomalar jo‘natib, mamlakatlar bilan a’lo darajada ishlaganini bilamiz”, — deya Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolariga ikki xil — o‘zlarining ona tilida va rus tilida xabarnomalar jo‘natilishini tashkillashtirishda yordam so‘ralgan.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat organlari o‘z sahifalarida, kanallarida xabarlar e’lon qilmoqda, biroq “ular propaganda kuchi, uning dahshatli kuchi bilan teng kela olmaydi”.

Avvalroq Bosh prokuratura xorijdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, ularni chet davlatlar harbiylashgan tuzilmalariga yollanish javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirgandi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, 21-sentabr kuni Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi.

Uning aytishicha, muddatli harbiy xizmatga faqat hozirda zaxirada bo‘lganlar, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayyan harbiy mutaxassislik va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolargina chaqiriladi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar bo‘linmalarga jo‘natilishdan oldin “maxsus harbiy operatsiya” uchun qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.

Safarbarlik tadbirlari 21-sentabr kuni boshlanadi. Putin hududlar rahbarlariga “harbiy komissarliklar ishi uchun zarur barcha yordamni ko‘rsatishni” buyurdi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizini tashkil qiladi.

Vazirning aniqlik kiritishicha, zaxirada bo‘lgan Rossiya fuqarolari chaqiriladi, talabalarni safarbarlik qilish haqida gap bormayapti, shuningdek, chaqiriq bo‘yicha xizmat o‘tayotganlar ham safarbar etilmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)