O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Dinamo” bosh murabbiyi Vadim Abramovga yangilangan litsenziyasini taqdim etish uchun vaqt berdi.
Abramov hamda “Dinamo” o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi jamoa holatidan kelib chiqib, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan. O‘tgan vaqt davomida O‘FA futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi PFL so‘roviga asoslantirilgan javob qaytarmagan. Shuningdek, klub ham mutaxassis litsenziyasini taqdim etish masalasi ortga surgan. Agar Samarqand klubi mazkur talabni bajarmasa, OFK litsenziyasini qo‘lga kirita olmaydi.
“FIFA kunlari yakuniga qadar ‘Dinamo’ mazkur holatni tartibga solmasa, Vadim Abramov 20-turdan boshlab uchrashuvlarda texnik zonaga kiritilmaydi”, — deyiladi PFL bayonotida.
Ma’lum bo‘lishicha, Abramovga tegishli Pro litsenziyasining muddati tugagan. Mutaxassis ancha vaqtdan beri ushbu litsenziyani yangilamay kelmoqda.
Avvalroq Abramov Samvel Babayan va Mirjalol Qosimov Superliga jamoalari sonini 16 taga yetkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlagani, shundan so‘ng mutaxassis va PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, murabbiy avgust oyi boshidan buyon “Dinamo”ni boshqarib kelmoqda.
Izoh (0)