Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Yevro—2024 da qatnashmaydi. Rossiya futbol ittifoqi (RFI) terma jamoa saralash bahslarida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan.
Rossiya terma jamoasi 9-oktabr kuni Frankfurtda bo‘lib o‘tadigan 2024-yilgi Yevropa chempionatining saralash bosqichi qur’a tashlash marosimida qatnashmaydi. Sabab — UEFAning fevral oyida Rossiya terma jamoasi va klublarini tashkilot tasarrufidagi musobaqalardan chetlatgani.Fevral oyida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari boshlangach, Rossiya terma jamoasi va klublari ko‘plab sport turlari qatori futbol musobaqalaridan ham chetlatilgandi.Ayni vaqtda ittifoq Sport arbitraj sudining (CAS) yakuniy qarorini kutmoqda.
RFI bayonoti
Izoh (0)