• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bolalik yillari, UFC, hayot tarzi va og‘ir judolik. Habib Nurmagomedovning hayot yo‘li haqida

    UFC sobiq chempioni, MMA’dagi faoliyatini birorta ham mag‘lubiyatga uchramay yakunlagan Habib Nurmagomedov 20-sentabr kuni 34 yoshni qarshi oldi. “Daryo” shu munosabat bilan rossiyalik yakkakurashchi haqidagi 2020-yilgi materialni to‘ldirilgan holda qayta e’lon qiladi.

    Bolaligi va faoliyatining boshlanishi

    Abdulmanap Nurmagomedov va Habib Nurmagomedov

    Abdulmanap Nurmagomedov va Habib Nurmagomedov
    Foto: “Sports.ru”

    Habib Abdulmanapovich Nurmagomedov 1988-yilda Dog‘istonning tog‘li Sildi qishlog‘ida dunyoga kelgan. E’tiborli tomoni shundaki, Habib o‘zining ilk qadamlarini aynan kurash tatamisida qo‘yadi. Uning otasi Abdulmanap Nurmagomedov Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy va erkin kurash bo‘yicha sport ustasi hisoblanardi. Abdulmanap doimo o‘g‘lini o‘zi bilan mashg‘ulotlarga olib borardi, shu tariqa Habib 5 yoshida ilk marta o‘zini sport kurashlarida sinab ko‘rdi.

    9 yoshga to‘lganida esa u allaqachon haqiqiy mashg‘ulotlarga kirishib bo‘lgandi. “Burgut”ning (Habib) o‘zi ham butun bolaligi kurash zallarida o‘tganini bir necha bor ta’kidlagan. Otasi Abdulmanap barcha shogirdlari qatori o‘z o‘g‘lidan ham qat’iy intizomni talab qilardi. Shu bilan birga u ta’lim olishni ham tashlab qo‘ymasdi, buni ham shaxsan otasi nazorat qilardi.

    2001-yilda Habib otasi va aka-ukalari bilan Dog‘iston poytaxti Maxachqal’aga ko‘chib o‘tadi. Kichik Nurmagomedov aralash jang san’atlariga kirishish uchun jangovar samboni intensiv ravishda o‘rganishni boshladi. Bu yo‘lda esa unga otasi har tomonlama tayanch bo‘ldi.

    Professionallarga o‘tish va UFC’dagi janglar

    Foto: Google Photos

    19 yoshida Habib sportni tark etish va qo‘riqchi bo‘lib ishlash haqida o‘ylay boshlaydi, biroq otasi bunga qarshi chiqib, shunday deydi: “Agar sen biron bir joyda ishlasang, demak sen sportchi emassan. Senga kerak bo‘lgan hamma narsani o‘zim beraman, sen esa mashq qilasan. Senga faqat kiyim-kechak va yo‘lkira uchun pul kerak, yegulik esa uyimizda ham bor”.

    Nurmagomedov otasiga quloq tutdi va bundan-da kuchliroq mashq qila boshladi. Habib 2012-yilda UFC’dagi birinchi jangini o‘tkazib, unda Kamal Shalorusni mag‘lub etdi. Shu tariqa 23 yoshli jangchi bosqichma-bosqich yengil vazn toifasida cho‘qqiga ko‘tarila boshladi. 2017-yilning oxirida Habib da’vogarlik jangida Edson Barbosani mag‘lub etdi. Shundan so‘ng u yengil vaznda chempion yo‘qligidan foydalangan holda El Yakvinta bilan chempionlik jangini o‘tkazdi va ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi.

    Foto: Google Photos

    Jang uslubi va tayyorgarlik jarayonlari

    Janglarda Habib tajovuzkor, u doimo raqiblariga hujum qiladi. Tezkor zarbalar bilan masofani yo‘q qiladi va bir harakat bilan o‘z uslubini qo‘llaydi. Nurmagomedov juda yaxshi kurashadi, u istalgan raqibini oktagonga yiqitishi mumkin. U istalgan raqibni “parter”da o‘z nazoratida ushlab tura oladi. Shuningdek, u raqiblarini zarbalar yomg‘iri bilan “siylash”ni ham unutmaydi.

    Habib bo‘sh vaqtlarini ham mashg‘ulotlarga bag‘ishlaydi. Odatiy kunlarda u kuniga ikki martadan, janglarga tayyorgarlik jarayonida esa uch marotabadan mashg‘ulot o‘tkazadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kim ko‘p mashq qilgan bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Habib o‘zini sportga bag‘ishlagan, buni  uning Instagram’ga joylab boradigan suratlaridan ham bilib olish mumkin.

    Foto: Instagram

    Hayot tarzi

    Habib dindor inson bo‘lib, o‘ziga ortiqcha narsalarni ravo ko‘rmaydi va doimiy ravishda xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi. Habibning pullari evaziga Nigeriyada bir qancha maktablar qurilgani bunga misol bo‘la oladi.

    Avvallari “Burgut” janglardan oladigan gonorar evaziga kuch kechirardi, ba’zida hatto qarzdor ham bo‘lib qolardi, ya’ni jangdan janggacha yashardi. Ammo Konor Makgregor bilan jangdan so‘ng Habib o‘zining birinchi million dollarini ishlab oldi. Bundan tashqari, u aynan mazkur jangdan so‘n ko‘plab badavlat homiy va hamkorlarga ega bo‘ldi. Hozir Habib Reebok va Toyota kompaniyalarining rasmiy vakili hisoblanadi, shuningdek, unga energetik ichimliklarni reklama qilish ham mo‘maygina daromad keltiradi. Habibning MMA’dagi butun faoliyati davomida ishlab topgan puli 30 million dollarga yaqin.

    Mashinalari

    Foto: Google Photos

    Habibning birinchi avtomobili Lada Priora bo‘lgan. Biroq chempion mazkur mashinani tezda sotib yuborgan.

    Foto: Google Photos

    Uning keyingi avtomobili Mercedes S300 bo‘lib, mahalliy aholi orasida uning obro‘yi ancha baland, boisi 90-yillarda anchayin jiddiy odamlar mazkur avtomobildan foydalangan.

    Aftidan unga nemis brendi yoqib qolgan ko‘rinadi, uning navbatdagi “toychog‘i” Mercedes AMG GT S bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Aytishlaricha, unga ushbu mashina mahalliy tadbirkorlar biri tomonidan sovg‘a qilingan.

    Foto: Google Photos

    Habibning navbatdagi inomarkalaridan biri BMW 6 Serie sanaladi.

    Foto: Google Photos

    Shuningdek, Habibning uyida (Dog‘istonda) Toyota Land Cruiser 200  ham bor. Umuman olganda, Habib o‘ta qimmat xaridlarni amalga oshirishni unchalik ham xushlamaydi.

    Shaxsiy hayoti

    Foto: Google Photos

    Habib o‘zining shaxsiy hayotini ommaga oshkor qilmaslikka harakat qiladi, shuning uchun ham shu paytgacha uning rafiqasi yuzini faqat yaqin do‘stlari va qarindoshlari ko‘rgan, xolos.

    Habibning aytishicha, rafiqasi ko‘p vaqtini uyda o‘tkazadi, chalg‘imaslik uchun esa u mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarga oilasini olib bormaydi. Juftlik 2015-yilda qiz, 2017 va 2019-yillarda esa ikki bor o‘g‘il farzandli bo‘lgan.

    Foto: Instagram/@khabib_nurmagomedov

    Habib 2020-yilning 3-iyulida og‘ir judolikka uchradi, uning har bir g‘alabasiga o‘zidan-da ko‘proq hissa qo‘shgan, doimo yonida turgan otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirus asoratlari oqibatida bu hayotdan ko‘z yumdi. Shundan so‘ng Habib qanchalik og‘ir bo‘lmasin, hayotida ilk bor otasisiz oktagonga ko‘tarilishga majbur bo‘ldi, g‘alabasidan so‘ng esa ko‘z yoshlarini tiyolmadi va ho‘ngrab yig‘lab yubordi. U otasini xotirlar ekan, shunday so‘zlarni yozadi:

    Sizni sog‘inaman, siz men uchun bir vaqtning o‘zida ham ota, do‘st, aka va murabbiy edingiz. Menga deyarli hamma narsani o‘rgatdingiz, umid qilamanki, mendan rozisiz. Zero, ota-onaning roziligi, bu — Yaratganning roziligidir.

    UFC’ni tark etganidan keyingi hayoti

    Habib Nurmagomedov 2020-yilning 24-oktabrida UFC 254 musobaqasida oktagondagi oxirgi jangini o‘tkazdi. Ushbu musobaqadagi jang orqali Habib ketma-ket uchinchi bor chempionlik kamarini himoya qildi. Unga Jastin Getji raqiblik qildi. Nurmagomedov Getjini bug‘ish usuli bilan muddatidan oldin mag‘lub etdi. Bu dog‘istonlik jangchining 29-g‘alabasi bo‘ldi va u UFC’ning vazn toifasidan qat’i nazar umumiy reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

    Shundan keyin ko‘p bor Habibning UFC’ga qaytishi haqida gap-so‘zlar yangradi, biroq Nurmagomedov onasiga bergan va’dasini buzmadi. U hamon oktagonga qaytgani yo‘q va bu ishni qilmoqchi ham emas.

    2022-yilda Habib UFC’ning shon-shuhrat zalidan o‘rin oldi.

    Foto: Instagarm

    Habib MMA’ni jangchi sifatida tark etgan bo‘lsa-da, bu sohani to‘liq tark etmadi. U o‘z jamoasi a’zolarini UFC va Bellator musobaqalariga tayyorlamoqda.

    Uning biznesdagi ishlari ham yomon emas. Habib GFC promoushenini sotib oldi va uni Eagle FC’ga aylantirdi. Ayni vaqtda ushbu promoushen MDH mamlakatlari vakillaridan tashqari turli jahon yulduzlarini ham jalb qilmoqda.

    Habibning UFC’dagi vorisi sifatida e’tirof etiladigan Islom Maxachev kamarni Rossiyaga qaytarishga yaqin. Islom oktabr oyida Charlz Oliveyra bilan chempionlik jangida ishtirok etadi. Hozirda Habib va uning jamoasi bor e’tiborini ushbu jangga qaratgan.

    20.09.2022, 23:48   Izoh (0)   37056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pol Pogba tovlamachilarga 11 mln yevro bermoqchi bo‘lgan, biroq bank o‘tkazmani bloklab qo‘ygan

    20.09.2022, 18:16

    Tomas Tuxel “Bavariya”da Nagelsmanning o‘rnini egallashi mumkin

    20.09.2022, 16:02

    Rossiya futbol ittifoqi UEFAdan Ukraina bosh murabbiyini lavozimidan chetlatishni so‘radi

    20.09.2022, 15:01

    Superliga ishtirokchilari sonini 16 taga yetkazish taklif etilgani ma’lum bo‘ldi

    20.09.2022, 13:00

    Oleksandr Usik Joshuaga qarshi janglardan qancha miqdorda pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    20.09.2022, 12:04

    APL klublari Angliya Kubogi va Liga Kubogi formatini o‘zgartirishni istamoqda

    20.09.2022, 11:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.