Samarqand shahrida 23—25-sentabr kunlari yengil atletika bo‘ycha Markaziy Osiyo IV ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.
Unda 11 mamlakatdan 300 dan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqada Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, shuningdek, Malayziya, Tailand va Filippin vakillari ham ishtirok etadi.
Sportchilar yugurish musobaqalaridan tashqari, balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash, disk uloqtirish, bolg‘a otish, nayza uloqtirish bo‘yicha kuch sinashadi.
Izoh (0)