• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Urush shamoli deyarli har bir rossiyalikning xonadoniga kirib borishiga ko‘p qolmadi”. Putinning qisman safarbarlik haqidagi farmonini o‘zbek jamoatchiligi qanday qabul qildi?

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-sentabr kuni mamlakatda qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vazirligi rahbari Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada katta safarbarlik resursi qariyb 25 million kishini tashkil etadi, shundan 1 foizdan ko‘prog‘i — 300 ming kishi qisman safarbarlikka tortiladi. Talabalar va shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tovchilarni urushga safarbar qilish haqida gap yo‘q.

    Safarbarlik e’lon qilinganidan keyin bir necha daqiqalar ichida Moskvadan Istanbulga, Tbilisi va Yerevanga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar uchun chiptalar to‘liq sotilib ketdi. Shuningdek, Moskvadan Toshkentga reyslar chiptalari ham qolmagan.

    Rossiyada bo‘layotgan o‘zgarishlar butun dunyo e’tibori markazida turibdi. Xususan, migrantlari ushbu mamlakatda eng ko‘p bo‘lgan O‘zbekistonda ham voqealar rivoji diqqat bilan kuzatib borilmoqda, o‘zbek jamoatchiligi fikr-mulohazalarini bildirayotgan bo‘lsa, rasmiylar Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirmoqda. Quyida ularni e’tiboringizga havola etamiz.

    Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev o‘zining Telegram-kanalida urush boshlanganda Rossiyaning bergan va’dasini eslatib (96 soatda butun Ukrainani bosib olish), 7 oydirki o‘sha 96 soat tugamayotgani, endilikda urush shamoli deyarli har bir rossiyalikning xonadoniga kirib borishiga ko‘p qolmagani, ular urushni propaganda telekanallari orqali emas, endi o‘z tanida his qilishni boshlashi haqida yozdi.

    Jurnalist Shuhrat Latipov esa Rossiyada boshqa mamlakatlarga chiptalarni ommaviy ravishda sotib olish boshlangani, ko’plab shaharlarga hatto chiptalar qolmagani, narxlar 5–6 baravarga ko‘tarilib ketganiga to‘xtaldi.

    “Qochmoqda, rossiyaliklar oyog‘ini qo‘lga olib qochmoqda”. Iqtisodchi Otabek Bakirov Shuhrat Latipovning biletlar qolmagani haqida yozgan postiga murojaat qilib, kechaning o‘zidayoq minglab hushyor rossiyaliklar qochishga ulgurgani, lekin bugun bilet topgan taqdirda ham ularning qochishga imkoniyati bor-yo‘qligi haqida yozmoqda.

    Bloger Nurbek Alimov Putinning yadro qurolini ishlatishga sha’ma qilgani haqida post qoldirib, juda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgani, bir haftadan keyin Ukraininaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarida referendumlar o‘tkazilishi rejalashtirilgani, yangi dunyo o‘zining eng murakkab pallalarini boshidan kechirayotganini ta’kidladi.

    Jamoatchilik faoli, adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova esa Rossiyada safarbarlik e’lon qilingach, Toshkentda xuddi mart oyidagidek yana uylarning ijara narxi oshishi, banklarda odam ko‘payishi kuzatilishini taxmin qildi.

    Jurnalist Aziza Qurbonova kecha hamma uxlamay kutgan Putin bayonotida Rossiyada “qisman” mobilizatsiya bugundanoq boshlanishi aytilgani, ammo, uning fikricha, Rossiyaning bugungi siyosatida “qisman” so‘zining sinonimi “to‘liq” degani ekanini bildirdi.

    “Davletovuz”: “Odamlar Putinning urushi uchun jonini bermoqchi emas”.

    O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan mamlakat fuqarolariga murojaat bilan chiqdi. Unda ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik, Rossiya qonunlariga rioya etish va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslik so‘ralgan.

    Twitter'da nima gap?

    Jurnalist Shuhrat Shokirjonov hozir o‘zbekistonlik migrantlar piyoda bo‘lsa ham yurtga qaytishi kerakligi, yo‘qsa, bir oylarda o‘zini Ukrainada okopning ichida ko‘rishi haqida yozdi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Jurnalist Qahramon Aslanov esa yuqoridagi kabi mazmunda narsalar yozmaslik kerakligini ta’kidladi.

    “Qaytishni targ‘ib qilish kerak, lekin bunaqa ohangdamas. Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagilarning ota-onasi, oila a’zolari bo‘lishi mumkin. Yomon ta’sir qiladi”, — deydi u.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov esa urushga birinchi navbatda siyosiy rahbarlarning farzandlarini jo‘natish kerakligini aytmoqda.

    “Shimoliy qo‘shnimiz urushga birinchi navbatda o‘z siyosiy rahbarlarining farzandlarini jo‘natishsa, ularning fidoyi va vatanparvarligini tezda tekshirib olishardi. Axir ular shunday ota-onalar farzandlari”, — deydi Abdurahmonov.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Mavzuga doir:

    • Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan keyin mamlakat fond bozori quladi
    • Rossiyada safarbarlikka qarshi petitsiyani o‘n minglab odamlar imzoladi
    • Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilingach, Moskvadan Istanbul, Toshkent va Tbilisiga chiptalar tezlikda sotilib ketdi

    21.09.2022, 18:04   Izoh (0)   43977
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.