• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eronda ayollar sochlarini kesib, hijoblarini yoqib yubormoqda. Hibsga olingan qizning vafotidan keyingi namoyishlar davom etmoqda (video)

    Eronda hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun politsiya tomonidan hibsga olingan 22 yoshli Mahsa Aminiyning vafotidan keyin boshlangan norozilik namoyishlari chog‘ida mamlakat xavfsizlik kuchlari tomonidan uch kishi o‘ldirildi, deb yozadi CNN Norvegiyaning Hengaw Organization for Human Rights inson huquqlari ustidan nazorat tashkilotiga tayanib. Shuningdek, 75 kishi turli jarohatlar olgan.

    BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada al-Nashif bayonot bilan chiqib, Eron xavfsizlik kuchlarining namoyishlarga zo‘ravonlik bilan munosabatda bo‘lishi yuzasidan xavotir bildirdi.

    Shuningdek, BMT Inson huquqlari boshqarmasi ma’lum qilishicha, Eron axloq politsiyasi so‘nggi oylarda ko‘chalardagi patrullikni kengaytirib, hijobni noto‘g‘ri o‘ragan ayollarni hibsga olmoqda, og‘zaki va jismoniy xo‘rliklarga duchor qilmoqda.

    Bu orada Tehron gubernatori Muhin Mansuriy namoyishchilarni politsiyaga hujum qilishda va jamoat mulkini vayron qilishda aybladi. Namoyishchilar “Tehronda tartibsizliklar yuzaga keltirish uchun to‘liq uyushgan va tayyorgarlik ko‘rgan”, deb yozdi u Twitter’da.

    Eron politsiyasi Mahsa Aminiyga hibsda saqlanayotgan paytda jismoniy zarar yetkazilganini rad etib, uning o‘limi “baxtsiz hodisa” bo‘lganini ta’kidladi.

    Eron hukumati qizning jasadi yorib ko‘rilganini, natijalar tibbiy ekspertlarning batafsil tekshiruvidan keyin e’lon qilinishini bildirdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarga joylanayotgan videolarga qaraganda, 20-sentabr kuni namoyishlar Eronning 31 ta viloyatidan 16 tasini qamrab oldi.

    Mahsa Aminiy Tehronga o‘tgan hafta kelgan va akasi bilan birga metrodan chiqayotganida axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Bunga uning hijobni noto‘g‘ri o‘ragani sabab bo‘lgan. 1979-yilgi Islom inqilobidan keyin eronlik ayollar uchun hijob taqish majburiy bo‘lib kelmoqda.

    Al Jazeera telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Eron hukumatining qiz yurak xurujidan vafot etgani haqidagi bayonotiga qaramasdan, u tug‘ilib-o‘sgan Sekkeze shahrida hamda Eron g‘arbidagi boshqa shaharlarda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlangan. Odamlar ma’muriy binolar atrofida to‘planib, hukumatga qarshi shiorlarni baralla aytgan, ba’zi ayollar esa birdamlik belgisi sifatida o‘z ro‘mollarini yechib, osmonga otgan. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda qizlar fleshmob uyushtirib, hijoblarini yoqib yubormoqda va sochlarini kesib tashlamoqda.

    Eron Islom Respublikasi Huquq-tartibot kuchlari Ibrat patruli (“axloq politsiyasi”) — Eron Ichki ishlar vazirligi nazorati ostidagi huquq-tartibot organi. 2005-yilda alohida tuzilma sifatida ajralib chiqqan. Ibrat patruli vazifalariga Eron fuqarolari va chet elliklarning jamoat joylarida shariat bo‘yicha munosib kiyinib yurishini ta’minlash kiradi.

    Ayollarning boshini yopmay yurishi, ro‘mol yoki hijobni noto‘g‘ri taqishi, avratni yopmaydigan kiyim kiyishi, ba’zi hollarda esa “begona erkak bilan yaqindan muloqot qilishi” ularni hibsga olish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

    Avvalroq Eron Madaniyat va islom vazirligi ayollarning reklamalarda suratga tushishini taqiqlagandi, bu Eronning Domino kompaniyasi bir ayol boshiga ro‘mol sharf tashlab, avtomobilni boshqarib ketayotgani, so‘ng esa shokoladli qiyom bilan qoplangan muzqaymoqni yegani aks etgan rolikni chiqarganidan keyin yuz bergandi.

    Mavzuga doir:

    • Eron prezidenti yangi hukumatning birinchi ayol a’zosini tayinladi
    • “Jamiki odam bolasi bir vujuddir”. Eronlik ilk sudya xonimning Nobel ma’ruzasi

    21.09.2022, 12:17   Izoh (0)   30334
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ukrainadagi urushda 5937 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi” — Sergey Shoygu (video)

    21.09.2022, 11:54

    Zelenskiyning rafiqasi BMT Bosh Assambleyasida bosh kotib bilan uchrashdi

    21.09.2022, 11:38

    Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qildi (video)

    21.09.2022, 11:14

    Turkmanistonda 40 yoshdan kichik ayollarga mashina haydash taqiqlanmoqda

    21.09.2022, 11:11

    Qozog‘istonning Atirau viloyatida osmondan kul yog‘moqda (video)

    21.09.2022, 11:02

    Ramzan Qodirov: “Ukrainadagi harbiy operatsiyada yangi taktikaga o‘tmoqdamiz”

    21.09.2022, 10:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.