Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Suhbat DXR, LXR va Rossiya nazoratidagi Xerson va Zaporojye viloyatlari hududlari Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar o‘tkazish sanalarini e’lon qilganidan keyin bo‘lib o‘tdi.
“Biz joriy xavfsizlik masalalarini muhokama qildik”, — deb yozdi Zelenskiy Twitter’da.
Ukraina prezidenti bu haqda boshqa hech qanday ma’lumot bermadi.
Bir kun avval Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroga imkon qadar tezroq barham berishni istashini, Kiyev esa jangovar harakatlar to‘xtashi uchun Moskva bilan kelishuvga erishishi kerakligini aytgan edi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)