“Chelsi” sobiq ustozi Tomas Tuxel Bundesligaga qaytishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, germaniyalik mutaxassis “Yuventus” bilan muzokara olib bormayapti.
Tomas “Bavariya”ni boshqarishi mumkin. Agar myunxenliklar Yulian Nagelsmann bilan shartnomani bekor qilsa, nemis mutaxassisi uning o‘rnini egallashi mumkin.
“Bavariya” Bundesligada 12 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Myunxen klubi chempionatda so‘nggi 4 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti (3 ta durang va bitta mag‘lubiyat).
Avvalroq Tuxel “Real” bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel Chempionlar Ligasi 1-turida “Dinamo” Zagrebga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng “Chelsi” murabbiyligi postini tark etdi.
Izoh (0)