Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida transport vazirligiga bir qator topshiriqlar berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
“Endi transport vaziri Mahkamov ham uyg‘onadigan vaqt keldi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Transport vazirligiga:
- barcha davlatlarning aviatsiyaga mas’ul idoralariga Samarqand aeroportida xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yo‘nalishlariga bo‘lgan barcha cheklovlar olib tashlanganini yetkazish;
- xorijiy aviakompaniyalar bilan kelishuvga erishib, Samarqandga Yevropa, Osiyo, Amerika, Arab davlatlari hamda qo‘shni mamlakatlardan kuniga kamida 10 ta xalqaro reyslarni yo‘lga qo‘yish;
- vodiy, Nukus, Urganch va Termizdan har kuni kamida 1 ta aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish topshirilgan.
Izoh (0)