Samarqandda quvib o‘tish qoidasini buzgan Nexia-2 YTHga uchradi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 19-sentabr kuni 10:00 larda M-39 avtomobil yo‘lining 1080-kilometrida yuz bergan. Nexia-2 haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, o‘zidan oldinda ketayotgan shu rusumdagi mashinaning o‘ng tarafidan quvib o‘tayotganda yo‘l chetidagi beton to‘siqni urilib, pastlikka tushib ketgan.
Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)