Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent pedagogika universiteti talabasi bilan bog‘liq janjalli videolar tarqaldi. Universitet matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
O‘rganish ishlari natijasida aniqlanishicha, universitet talabasi Yu.R. doimiy yashash joyi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidan J. ismli yigit mashinasida ota-onasi tomonidan yuborilgan pochtani (oziq-ovqat mahsulotlari) ikki marta qabul qilib olgan. Talaba qizga ota-onasidan yuborilgan pochtani J.ismli shaxs universitetga olib kelganida uning ayoli (videodagi ayol) ham yonida bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, bir necha kundan keyin talaba Yu.R. Ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilgan. Ayni paytda ushbu masala yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
“Shu o‘rinda axborot tarqatuvchilar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan haqqoniy va xolis axborot tarqatishingizni, ayniqsa bilib bilmay qiz bola sha’niga turli tuhmatlar qilmasligingizni so‘rab qolamiz”, — deyiladi munosabatda.
Izoh (0)