• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Men o‘lsam hech kim kelmasa ham kerak” — aktrisa Adolat Kimsanova 50 yil ishlab mukofot ololmagani, teatrdan ishdan ketib kotiba bo‘lishga majbur bo‘lgani va ustidan kulgan unvonli aktrisalar haqida (video)

    “Daryo” muxbirlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov xonadonida bo‘lib, uning turmush o‘rtog‘i, aktrisa Adolat Kimsanova bilan suhbatda bo‘ldi. U hayotidagi qiyin vaziyatlar va aktrisalikdan ketib, kotiba bo‘lishga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

    — Hayot muammolari bilan ovora bo‘lib bir zumda 70 yoshni qarshilab qo‘yay debmiz. Ortimga qarasam, yaxshi kunlari ham bor. Ammo kasbim orqasidan quvonchli kunlarim u qadar ko‘p bo‘lmadi. Ilgari inson mehnat qilsa, hamma niyatiga yetadi, deb o‘ylardim. Ammo o‘zbekchilikda bir mehnatni qilganda keyin atrofdagilar maqtashini kutish va o‘shalarni ham bunga tayyorlash kerak ekan. Ko‘pchilik ijodkorlar shunday qilishiga guvoh bo‘ldim. Misol uchun, bir jurnalist bilan gaplashib, meni maqtashi uchun uni rozi qilishim kerak ekan.

    Shu yili san’atga qadam qo‘yganimga 50 yil bo‘ladi. Shu kasbim ortidan o‘lib ko‘rmadim xolos. Ba’zan o‘zim haqida gapirishga ham xijolat bo‘laman. Chunki 50 yil ishlagan bo‘lsam ham hali birorta unvonim yo‘q. Turmush o‘rtog‘imning unvoni bor ekanki, so‘rab surishtirib keldingiz. Men o‘lsam hech kim kelmasa ham kerak. Aslida men o‘z vaqtida mehnat qilganman, ammo hammasi bir chekkada qolib ketdi.

    Hozirgi aktyorlar ijodiy uchrashuvlarga ham pul evaziga borishyapti. Ammo men borgan paytlarda bir tiyin pul berishmas edi. 2018-yilga qadar ijodiy uchrashuvlarga bordim. Keyinchalik o‘zlari ham taklif etmay qo‘yishdi. “Kelsa dardini aytadi”, deb o‘ylashdi, shekilli. Dardimni-ku aytmayman, shunchaki men ham aktrisa ekanligimni unutishmasligini istayman.

    Ilgari ijodiy uchrashuvlarga borganda, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” deb chaqirishsa “Meni unvonim yo‘q”, deb gaplarini to‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lsam, “Davlat bermasa biz sizga unvon beramiz”, degan gaplarni eshitib, xursand bo‘lib ketardim. Yonimda o‘tirgan unvoni bor aktrisalar miyig‘ida kulib, qiliq qilib o‘tirgan kunlarni ham ko‘rdim.

    Ammo ularning hech bir mendek mehnat qilmagan. Qaysidir yo‘l bilan 30 yoshga qadar unvonni olgan aktrisalarni ham bilaman. Ammo bu gapim bilan hamma shunday demoqchi emasman, haqiqiy mehnatlarining evaziga unvon oladigan ham ko‘p. Boshqa yurtlarda bormi-yo‘qmi bilmadim-u, ammo O‘zbekistonda inson o‘z-o‘zini reklama qilishi, maqtashi kerak ekan, — deydi aktrisa Adolat Kimsanova.

    Suhbat davomida Adolat Kimsanova nega davlat teatridan ketgani va moddiy jihatdan qiynalgani haqida ham so‘zlab berdi.

    — Yosh tomoshabinlar teatrida 18 yil ishlaganman. Kenja farzandimni dunyoga keltirib, onalik ta’tilida o‘tirganimda moddiy jihatdan juda qiynalganmiz. Chunki “Sayuz” parchalanib, “Kinoaktyorlar studiyasi”da aktyorlar shtati bekor qilinganida keyin Mashrab aka butunlay ishsiz qolib ketgandi.

    Majburlikdan bir yarim yashar bolamni olib, teatrga bordim. O‘sha paytda Olimjon Salimov rejissor bo‘lib ishga kelgan ekan. “Yosh bolangiz bor ekan, siz teatrga ish berolmaysiz, boring 3 yoshga to‘lganida kelasiz” , dedi. Nima deyishimni bilmay “Yo‘l kira qilib ketishga ham pulim yo‘q edi, ariza yozib qo‘yaqolay”, desam gapimni tasdiqladi. Balki to‘g‘ridir, ammo ishda insoniylikni ham unutmaslik kerak.

    O‘sha inson turmush o‘rtog‘im ishsiz qolgach, uchta bola bilan qiynalib qolganimizni yaxshi bilardi. Xullas, mana shunday keyin 18 yil ishlagan davlat teatridan ketishga majbur bo‘ldim.

    Nima qilishimni bilmay tekstil kombinatiga ishga bordim. Ammo kombinatning ishchi avtobusi uyimiz tomonga bormas ekan. Kombinatdagilar “Qanday yaxshi aktrisasiz, essiz ishsiz qoldingizmi?”, deb rosa kuyinishgan edi.

    “Endi nima qilaman”, deb hayolga berilib avtobusda qaytayotganimda “Kinotexnikum” degan yozuvni ko‘rib, diplomimga ham kino so‘zi yozilgan-ku, deb bekatda tushib qoldim. Texnikum direktoriga ming rahmat, vaziyatimni tushunib, kotiba vazifasiga ishga oldi. Tushlik vaqti hamma ovqatlanishga shoshsa, men uyimga qarab yugurardim. Chunki uni emizib kelmasam injiqlanishni boshlardi.

    Mashrab aka esa ikkita katta bolamizga qo‘shib, chaqalog‘imizga ham qarab o‘tirardi. Ammo bunda turmush o‘rtog‘imni ayblamayman. Chunki u paytda kinoaktyorga qiyin edi. Eng alam qilgani biz ana shunday qiyin kunlarni boshimizdan kechirganmiz. O‘shanda ham san’atdan ketganimiz yo‘q. Mashrab Kimsanov “Otamdan qolgan dalalar” kabi filmda qanday ajoyib rollarni ijro etgan. Shuhrat Abbosov, Melis Abzalov kabi taniqli rejissorlar bilan ishlagan aktyor. Ammo bu gaplar hozirgilarga umuman qiziq emas, — deydi aktrisa Adolat Kimsanova.

    Mavzuga doir: “To‘rtinchi insultdan keyin to‘shakka mixlanib qoldi”. Taniqli aktyor va rejissor Mashrab Kimsanovning og‘ir xastalikka chalingani ma’lum qilindi (video)

    19.09.2022, 17:40   Izoh (0)   34234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud yulduzi Keyt Uinslet suratga olish maydonchasida jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi

    19.09.2022, 16:46

    Devid Bekhem qirolicha Yelizaveta II bilan vidolashish uchun 13 soat navbatda turdi (foto)

    19.09.2022, 14:34

    Nurimon Sultonxo‘jayev ismini o‘zgartirishiga nima sabab bo‘lgani hamda eng qimmat kliplari haqida (video)

    19.09.2022, 14:04

    Hayotini fitnessiz tasavvur qila olmaydigan Gollivudning mashhur ayollari (foto)

    19.09.2022, 11:58

    Instagram: Umra safariga ketgan Sevinch, farzand kutayotgan Marjona Mirzaaliyeva, kuzatuvchilarini yig‘latgan Feruza Normatova

    18.09.2022, 22:14

    “Quloqsiz bolalar”: Jahonga mashhur insonlarning ularning obro‘siga putur yetkazayotgan taniqli farzandlari (foto)

    18.09.2022, 17:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.