O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya 19—24-sentabr kunlari AQSHning Nyu-York shahrida tashrif bilan bo‘ladi.
Vazirlik matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Vladimir Norov BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasining Umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi.
Shuningdek tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazadi hamda ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok etadi.
BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasi 20—26-sentabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Bu yil yig‘ilish oflayn tarzda o‘tkaziladi, avvalgi ikki yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli ayrim chiqishlar videomuloqot shaklida bo‘lgan.
Izoh (0)