Ozarbayjon 2023-yilda mudofaa va milliy xavfsizlik uchun budjet xarajatlarini 5,32 milliard manatga (3,1 milliard dollardan ortiq) oshiradi. Bu 2022-yilgi ko‘rsatkichdan 4,6 foizga ko‘pdir, deya xabar bermoqda mamlakat Moliya vazirligi.
Vazirlik ma’lumotlarida ta’kidlanishicha, kelasi yilgi respublika budjeti daromadlari 30,72 milliard manatni (18 milliard dollar) tashkil qilishi kerak. Xarajatlar 33,3 milliard manat (19,5 milliard dollar) bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
13-sentabrga o‘tar kechasi chegarada Armaniston va Ozarbayjon qo‘shinlari o‘rtasida yangi to‘qnashuvlar boshlangan edi. Har ikki tomondan jami 176 nafar askar halok bo‘ldi. 15-sentabr kuni Yerevan Boku bilan sulhga erishilganini e’lon qildi. Shu kuni kechqurun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti missiyasi mojaro zonasidagi vaziyatni baholash uchun Armanistonga keldi.
Izoh (0)