9-sentabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi va ichki ishlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 7 dona itolg‘i (Falco cherrug) qushlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ekoqo‘mita axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 14-sentabr kuni ushbu qushlar qo‘mita, Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti xodimlari va Tugan Falconry Club jamiyati vakillari ishtirokida Toshkent viloyatidagi dasht kengliklariga qo‘yib yuborilgan.
Ma’lumot uchun, itolg‘i qushi O‘zbekiston Qizil kitobiga, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) Konvensiyasi II ilovasiga va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (MSOP) Qizil kitobiga kiritilgan.
Izoh (0)