Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidentining ish kuni faol davom etmoqda. Ayni daqiqalarda SHHT sammiti doirasidagi asosiy uchrashuvlardan biri o‘tmoqda. Davlat rahbari Putin bilan muzokara o‘tkazmoqda.
Kun tartibidagi dolzarb masalalar orasida tovar ayirboshlashni xilma-xillashtirish va hajmini oshirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surishning samarali mexanizmlarini shakllantirish, hududlar o‘rtasida amaliy aloqalarni kengaytirish masalalari bor.
Izoh (0)